09:25 / 10.04.2017
6 435

Zika virusi qaysi davlatlarda tarqalmoqda?

Zika virusi qaysi davlatlarda tarqalmoqda?
Rospotrebnadzor so‘nggi vaqtda dunyo ommasini xavotirga solayotgan Zika virusi tarqalgan mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. Yangilangan ro‘yxatdan 63 davlat joy olgan. Zika Amerika mintaqasidagi 48 mamlakatda tarqalgan, shuningdek Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida ham uchraydi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

Muassasaning xabarida Amerika qit’asida 554 ming odam Zika virusini yuqtirganligi yozilgan, ularning 207 mingdan ortig‘ida tashxis laboratoriya tekshiruvi bilan tasdiqlangan.

2016 yilning yanvaridan 2017 yilning martigacha Zika Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga yoyilib ulgurdi. Filippinda 57, Malayziyada 8, Tailandda 713 holatda virus yuqqanligi kuzatilgan.

Ammo 2017 yilning aprelida mazkur hududlarda kasallanish holatlari kuzatilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Zika virusi qaysi davlatlarda tarqalmoqda?