21:44 / 10.04.2017
10 108

Olimlar qarishga qarshi sinovlarni boshlashadi

Olimlar qarishga qarshi sinovlarni boshlashadi
Vashington universiteti va Yaponiyaning Keyo universiteti tibbiyot olimlari yangi preparatni klinika sharoitida sinab ko‘rish uchun so‘nggi tayyorgarlikni boshlashdi. Preparatning asosiy vazifasi - inson hayotini sezilarli darajada uzaytirish, deya xabar beradi Geektimesga tayanib "Sof.uz" nashri.

Dastlabki rejalarga ko‘ra, loyiha sinovining boshlanishi iyul oyining birinchi yarmiga mo‘ljallangan. Shu bilan birga Yaponiya qonunchiligiga muvofiq, Keyo universiteti Axloqiy qo‘mitasi unga "yashil chiroq yoqishi" kerak.

Sinov davrida mononukleotid nikotinamidga asoslangan dori vositasining samardorligi hamda uning inson hayoti uchun xavfsizligi baholanadi. Yangi preparat jonivorlarda sinab ko‘rildi va bunda ijobiy natijalarga erishildi. Yangi dori vositasi 10 nafar katta yoshli sog‘lom kishiga yuboriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar qarishga qarshi sinovlarni boshlashadi