09:53 / 21.04.2017
16 355

Payg‘ambarimizning sunnatlariga oid yangi ilmiy kashfiyot

Payg‘ambarimizning sunnatlariga oid yangi ilmiy kashfiyot
Ma’lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nabaviy tibbiyotlariga muvofiq qora sedana bilan bir qatorda zaytun yog‘i ham keng qo‘llaniladi.

Zaytun yog‘ining shunday foydali xususiyatlari borki, ularning ba’zilari haqda shifokorlar endigina ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

Chili universitetidagi bir guruh tadqiqotchilarning chet ellik hamkasabalari bilan birga aniqlashicha, zaytun yog‘i tarkibidagi gidroksitirozol moddasi inson organizmiga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi.

Shifokorlarning aytishicha, bu modda hayvonot yog‘larini haddan ortiq ko‘p eyishning salbiy ta’sirini kamaytirar ekan.

Zaytun yog‘i kuchli aksioksidant bo‘lib, jigar, yurak va bosh miyani turli zararlardan himoya qiluvchi xususiyatga egadir. Shuning uchun olimlar turli taomlarni tayyorlashda zaytun yog‘idan ko‘proq ishlatishni tavsiya qilmoqda.

Ilgariroq amerikalik olimlar Islom dinidagi ro‘za bilan insonning uzoq umr ko‘rishi orasida uzviy bog‘liqlik borligini aniqlashgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Payg‘ambarimizning sunnatlariga oid yangi ilmiy kashfiyot