08:05 / 25.05.2017
15 194

Shokolad yurak kasalligining oldini olishi aniqlandi

Shokolad yurak kasalligining oldini olishi aniqlandi
Daniya, AQSh va Kanada olimlaridan iborat guruh me’yorida shokolad iste’mol qilish yurak xastaligi – hilpillovchi aritmiyaning oldini olishini aniqladi, deb yozadi Hilol.uz nashri.
55 mingdan ortiq daniyalik ishtirok etgan tadqiqot natijalari Heart ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga 30 gramm shokolod iste’mol qiladigan ayollarda hilpillovchi aritmiyaga chalanish xavfi 21 foizga, shunday porsiyadan ikki-uchtasini egan erkaklarda esa 23 foizga kamayar ekan.

Ayni paytda olimlar shokoladni, ayniqsa, tarkibida kakao ko‘p bo‘lganini ortiqcha iste’mol qilish salomatlikka zarar berishidan ogohlantirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shokolad yurak kasalligining oldini olishi aniqlandi