00:10 / 14.06.2017
28 623

Tilla uzuk erkak kishi sog‘ligi uchun zararli

Tilla uzuk erkak kishi sog‘ligi uchun zararli
Azal-azaldan tillaga e’tibor katta xalqimizda. Ammo uning sog‘liq uchun zararli tomonlari haqida eshitganmisiz?

Yaqinda olimlar tilla taqinchoqning erkak kishi sog‘ligiga etarlicha jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi.

Mutaxassislar nomsiz barmoqdagi tilla uzukni kimlar olib tashlashi kerakligiyu, kimga bu metall ijobiy ta’sir etishini ham ko‘rsatib o‘tishdi.

Olimlar ta’kidlashicha, erkak kishi tilla buyumlarni taqib yursa, inson salomatligiga jiddiy zarar etkazadi. Gap shundaki, vaqt o‘tishi bilan bu qimmatbaho metall o‘zidan kimyoviy moddalar ajratib chiqarar, aynan shu moddalar erkakning jinsiy bezlariga zararli ta’sir etishi, hatto jinsiy jarayonning pasayishiga ham olib kelishi mumkin ekan. Jinsiy bezlar mo‘’tadilligining buzilishi uchun hatto milligrammning bir necha ulushi miqdoridagi oltin oksidlari ham etarli bo‘ladi.

Shunisi qiziqki, tilla taqinchoqlar ayollar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmas ekan. Olimlarning tushuntirishlaricha, ayol tanasining gormonal va jinsiy tizimi tashqi ta’sirlardan yaxshi himoyalangan, shuning uchun metallar chiqaradigan zararlar ularning tanasiga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, oltin moddasi ayol tanasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, undagi jarayonlarni faollashtiradi. Bundan tashqari, tilla buyumlar o‘rta yoshdagi va yurak kasalliklari bilan qiynalayotgan ayollarga asqotadi. Yana qon bosimi yuqorilarga ham foydali, chunki arterial bosimni tushiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tilla uzuk erkak kishi sog‘ligi uchun zararli