15:08 / 25.07.2017
24 965

Diqqat! Har kuni pomidor iste’mol qiling! Chunki u…

Diqqat! Har kuni pomidor iste’mol qiling! Chunki u…
Ohayo universiteti olimlari sichqonlarda tajriba o‘tkazishdi. Jonivorlarga har kuni pomidor kukuni berib turildi. Tadqiqot 35 hafta davom etdi. Tekshiruvlardan so‘ng sichqonlarda saraton paydo bo‘lish ehtimoli 50 foizga qisqargani ma’lum bo‘ldi.

Buning sababchisi – pomidorga qizil rang beruvchi birikmalar. Ilgari odamlarda sinab ko‘rilgan tajribalar pomidor qaylasini iste’mol qilish oftobda kuyish jarayonini tezlatishini ko‘rsatgandi. Pomidor tarkibidagi asosiy rang beruvchi birikma bu – likopin. Bu guruhdagi o‘simlik pigmentlari ichida ushbu birikma eng samarali antioksidant hisoblanadi. Ya’ni u ultrabinafsha nurlar tufayli yuzaga keladigan oksidlanish bosimiga qarshi kurashadi. Terini zararlanishdan saqlashga likopindan tashqari boshqa birikmalar ham hissa qo‘shadi.

Mirjalol Madvaliev tayyorladi.

Manba: soglom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Diqqat! Har kuni pomidor iste’mol qiling! Chunki u…