Asablaringiz chatoqmi? Unda tarvuz eng!

  • 28 iyul 2017, 22:42
  • 6 280
  • Tibbiyot
  • Asablaringiz chatoqmi? Unda tarvuz eng!
    Yozgi pishiqchilik davrida maza qilib mevalarga to‘yish kerak, nima dedingiz? Ayniqsa, tarvuz tanovuli xo‘p va ko‘p bo‘lsa, ayni muddaodir.

    Negaki, tarvuzning foydasi talaygina-da. Ammo uni eyishda ham me’yor bo‘lishi kerak. Yana tarvuzning o‘g‘it bilan «boqilgani»ga duch kelsangiz, foyda tugul, xavfli kasallikka yuz tutish mumkinligini ham bilish kerak. Shunday qilib, tarvuz kimlarga foyda-yu, kimlarga zarar hamda qaysi xastaliklarda yordam berishini shifokor Abduhalil BANNAEVdan bilib olamiz.

    FOLIY KISLOTAGA BOY
    Boshqa mevayu sabzavotlar qatori temir, kaliy va magniy moddalari, V, A, S vitaminlariga boy bo‘lgan tarvuzning yana bir ahamiyatli jihati tarkibida nihoyatda yuqori darajada foliy kislotaning ko‘pligi sanaladi. Bilasiz, foliy homilador ayollar uchun nihoyatda foydali. Shunday ekan, bo‘lajak onalar tarvuzni kunora, 2-3 tilimdan eyishlari ayni muddao.

    -Tarvuzni etishtirishda turli xil kimyoviy o‘g‘itlar – nitratlar qo‘shilishi hech kim uchun sir emas. Asli nitratlar organizm uchun zararli emas, ammo ular oshqozonga tushgach, ichaklarda nitrat moddasiga aylanishi birmuncha xavfli. Agar yozbo‘yi nitrat bilan «boqilgan» tarvuz eyaversangiz, nima bo‘lishini bilasizmi? Engil holatda biron ichak kasalligi (misol uchun ichburug‘), og‘irlarida esa kamqonlik, yoki o‘sma xastaligini orttirib olishingiz hech gapmas. Shuning uchun bu poliz mahsulotini tabiiy pishgan davri – iyul oxiri va avgust boshida tanovul qilgan ma’qulroq. Har ehtimolga qarshi!

    -Tarvuzning kuchli siydik haydovchi ta’sirga egaligini ham bilasiz. Lekin homiladorlikning so‘nggi oylarida tarvuz eyishda me’yorni bilmoq kerak. Aks holda siydik pufagi kengayib, atrofidagi boshqa ichki a’zolar, shu jumladan bachadonga ham og‘riq keltirishi mumkin.

    AChChIQLANMANG-A...

    Tarkibida ko‘p miqdorda magniy saqlagan tarvuz – yurak va buyrak uchun foydali. 100 gramm tarvuzda organizm uchun kerakli bo‘lgan magniyning 60 foizi mujassam. Magniy mushakdagi og‘riqlar, zo‘riqish, charchoq va asabiylikda ham kor kelishi ilmiy isbotlangan. Asabiylashadigan, uyqungiz qochadigan bo‘lsa, kunbo‘yi tarvuz eng, hammasi joyiga tushadi. Foyda berishi uchun bu parhezni kamida 5 kun davom ettirish kerak.

    IChIMLIK O‘RNINI BOSADI
    Tarkibi 85 foizga suvdan iborat bo‘lgan tarvuz zo‘r chanqoqbosdi hisoblanadi. Shu bois, u diabet bilan xastalangan bemorlarda uchraydigan og‘iz qurishi, qaltiroqni tez bosib, ahvolning yaxshilanishiga xizmat qiladi.

    EHTIYoT BO‘LING!
    Tarvuz tarkibidagi kletchatka moddasi ovqatning tez va muloyim hazm bo‘lishini ta’minlaydi ammo oshqozonida biron muammosi bo‘lganlar uchun zarar qilishi, ichketarni keltirib chiqarib, organizmni suvsizlantirib qo‘yishi ham mumkin.

    OZMOQChI BO‘LSANGIZ

    Tarvuz organizmdan suyuqlikni tez chiqargani bois, 2 kundayoq 2 kilo vazn tashlashingiz aniq. Yana to‘qtutar bo‘lgani uchun uni eb yurganda qorin ochmaydi. «Tarvuzli parhez» ning foydasi beqiyos – bir hafta ichida 5-6 kiloga oson ozishingiz va organizmni ortiqcha tuzlar, qonni esa xolesterindan tozalashingiz mumkin. Lekin bu parhezdan buyragi og‘riydigan, buyragi yoki o‘t qopida toshi bor, qon bosimi ko‘tarilib-tushadiganlar uchun emas. Yana tarvuzli parhez 3 kundan ortiq davom ettirilimasligiga ham diqqat qiling.

    DANAGIDA FOYDA BOR
    Ba’zilar tarvuz danagini yutvorsa, appendisit yuzaga kelishi yoki ichak buralib qolishi mumkin deb o‘ylaydi. Aslida esa tarvuz danagi qon bosimini tushirishi, gijjadan organizmni tozalashi, ateroskleroz va diabet kasalida davo bo‘lishi, qonni ko‘paytirishi mumkin. Lekin buning uchun ularni butunligicha yutish emas, oftobda quritib, mayda kukun holiga keltirib, yarim choy qoshiqdan nahorga suv bilan yutish kerak.

    -siydik-tosh kasalligi hamda kolit (ichak xastaligi) bilan og‘rigan odamlarga bu usul to‘g‘ri kelmaydi.

    QANDAY TANLAYMIZ?
    Tarvuzning «dumchasi» qurigan, yonboshida sariq dog‘i bo‘lsa, ikkilanmay tanlang, u pishgan.

    Ustiga urganda, tarsillaydi.

    Tarvuzda kimyoviy o‘g‘it ko‘pligini bilmoqchi bo‘lsangiz, uni kesgach, bir tilimini suvga soling, suv qizarsa, demak, iste’molga yaroqsiz.

    Yana tarvuzni kesganda usti g‘adir-budirligiga ham ahamiyat bering. Yuzasi silliq, rangi pushti yoki haddan ziyod to‘q qizil, ichi pag‘a-pag‘a bo‘lib ketgan, sarg‘ish bo‘lsa, bu tarvuzni emagan ma’qul.

    Manba: Darakchi.uz

    » » Asablaringiz chatoqmi? Unda tarvuz eng!