Oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat organizmimizni oqsillar, yog‘lar va uglevodlar bilan to‘ydiradi, balki kayfiyatimizga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Shifokorlar aytishicha, ovqat hazm qilish — psixofiziologik jarayondir. Bunda oshqozon va ingichka ichak devorlarining shilliq pardasi gastrin, sekretin, xoletsistokin gormonlarini ishlab chiqaradi. Gormonlar oshqozon-ichak yo‘lining qon tizimiga ajralib chiqadi, ovqatni hazm qildiradigan shira ishlab chiqarilishiga, ovqat siljishi va parchalanishiga imkon yaratadi. Vegetativ asab tizimi ovqat o‘zlashtirilishi jarayonini boshqaradi.
Demak, biz uchun ovqat — huzur, taomning ta’mi, hidi va ko‘rinishidan zavq olish demakdir. Biroq kayfiyat uchun oshqozon emas, miya javobgar. Foydali, lekin xunuk holatda tortilgan taom ko‘pchilikda ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otmasligi mumkin, biroq xuddi shu taom chiroyli qilib bezatilib, yorqin rangdagi meva va sabzavotlar bilan dasturxonga qo‘yilsa, tetiklik va xushkayfiyat hadya etadi.
Bizning emotsional holatimiz uchun qo‘zg‘atuvchi (masalan, epinefrin) va tinchlantiruvchi (serotoninga o‘xshash) komponentlar mas’uldir. Ular ikkalasi uyg‘unlikda bo‘lsa, kayfiyatimiz yaxshi bo‘lishi ta’minlanadi, biroq ushbu muvozanat buzilsa, kayfiyat tushib ketadi.
Qo‘zg‘atuvchi va tinchlantiruvchilar organizm tomonidan mustaqil ravishda ajratiladi, ammo ba’zi mahsulot turlari “xursandchilik gormoni”ni ishlab chiqarishda faol qatnashuvchi aminokislotalar — triptofanga boy oziq-ovqatlar bu jarayonni tuzatishi mumkin. Ularni bir sutkada 500 dan 2000 milligrammgacha iste’mol qilish mumkin.
Xo‘sh, ko‘p miqdorda triptofan saqlovchi mahsulotlar qaysilar? Bular:
--Banan
--Ismaloq
--Dengiz mahsulotlari
--Yong‘oq va donlar
--Yog‘siz go‘sht
--Pomidor
--Xurmo, anjir, olxo‘ri
--Qora shokolad
--Yorqin rangli mevalar (apelsin, olma)
Kayfiyatni ko‘taruvchi mahsulotlar bilan birga, yomon kayfiyat bag‘ishlovchilari ham bor. Bular non va qandolatchilik mahsulotlari: oq non, shirin kulchalar, bo‘g‘irsoq, tort va boshqalardir. Shirinlik iste’mol qilish kayfiyatni ko‘tarishning eng keng tarqalgan va oddiy usuli bo‘lsa-da, mutaxassislar bunda nafsga berilishdan tiyilishga chaqirmoqda.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»