06:30 / 18.09.2017
6 904

Smartfondan foydalanish o‘smirning ko‘zlarini g‘ilaylashtirarkan…

Smartfondan foydalanish o‘smirning ko‘zlarini g‘ilaylashtirarkan…
Smartfondan haddan tashqari ko‘p foydalanish o‘smirni saraton hamda yana boshqa bir qator xavfli xastaliklarga yo‘liqtirishi mumkinligi haqida ilgari olimlar juda ko‘p gapirishgan, maqolalar e’lon qilishgan. Mana, Janubiy Koreyadagi Chonnam universitetiga qarashli milliy kasalxona bo‘limi mutaxassislari shu mavzuga qayta qo‘l urishdi.

Tadqiqotlar, kuzatuvlar, izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, agar o‘smir smartfondan kuniga yetti-sakkiz soat yoki undan-da ko‘proq vaqt foydalansa va bu har kuni takrorlansa, natija achinarli kechishi tayin. Ya’ni, o‘smirning ko‘zlari oqibatda g‘ilaylashib qoladi.

Buni isbotlash uchun ko‘zlari smartfon tufayli g‘ilaylashgan o‘smirlarni tadqiqotlarga taklif etishdi. Ularga kuniga smartfondan foydalanish uchun odatdagidan sezilarli darajada kam vaqt berishdi. Bu roppa-rosa bir oy davom etdi. Qarangki, o‘smirlar ko‘zidagi g‘ilaylik 10 foizga nari chekinibdi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Smartfondan foydalanish o‘smirning ko‘zlarini g‘ilaylashtirarkan…