10:15 / 19.09.2017
32 298

Ichki buqoq xavflimi?

Ichki buqoq xavflimi?
— Buqoq turlari orasida ichki taraflama joylashganini xavfliroq, deyishadi. Chindan ham shu rostmi? Ichki buqoqning qanday asoratlari bo‘lishi mumkin?

Nasiba Sattarova, Samarqand shahri


Dilfuza Ortiqova, shifokor-endokrinolog:

— Siz aytayotgan holat odamlar orasida zaharli buqoq nomi bilan ham ataladi. Ya’ni, toksik buqoq. Agar tashxis haqiqatan ham shunday bo‘lsa,albatta davolash zarur. Ichki buqoq deganda fiziologik holatga ko‘ra ichiga o‘sgan, to‘shning orqasida joylashgan turiga nisbatan aytiladi. Bunda normal holatdan pastroqda joylashgan buqoq traxeyani siqib qo‘yishi, organizmda turli asoratlarni paydo qilishi mumkin. Shu bois shifokor tavsiyasi bilan jarrohlik amaliyoti buyuriladi. Sizning vaziyatingizga kelsak, tibbiy tekshiruvlardan o‘tib, buqoqning turini aniqlash va shunga ko‘ra muolaja qilish darkor.

Manba: «Darakchi»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ichki buqoq xavflimi?