11:10 / 25.09.2017
16 350

Ozishni istaysizmi? Yong‘oq yeng!

Ozishni istaysizmi? Yong‘oq yeng!
Maastrixt universiteti olimlari yangi tadqiqotlar natijasida ozishda odamga nima ko‘proq foyda berishi mumkinligini aniqladi. Ya’ni, ozishni xohlaganlar me’yoridan oshirmagan holda yong‘oq, bodom, pista, o‘rmon yong‘og‘i iste’mol qilishlari lozim ekan.

Xuddi shu mahsulotlarda oqsillar, foydali yog‘lar, vitaminlar va fitokimyoviy bog‘lanishlar ko‘pchilikni tashkil etarkan. Shu narsalar semirib ketishdan asraydi, semirib ketganlarning ozishini ta’minlaydi.

Agar kuniga atigi o‘n grammdan yong‘oq, bodom, yeryong‘oq, o‘rmon yong‘og‘i iste’mol qilsangiz, sizga yurak xastaliklari, qandli diabet, saratonning ba’zi turlari xavf solmaydi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ozishni istaysizmi? Yong‘oq yeng!