11:33 / 03.10.2017
16 299

Shifo maslahat: Er-xotin rezus faktori mщs kelmasa...

Shifo maslahat: Er-xotin rezus faktori mщs kelmasa...
— Turmush qurganimizga 5 yil bo‘ldi. Hamon farzand ko‘rolmayapmiz. Yaqinda er-xotin rezus faktor mutanosibligini tekshirtirdik. Menda rezus faktor manfiy, turmush o‘rtog‘imda esa musbat chiqdi. Eshitishimcha, bunday holatlarda homiladorlik yuzaga kelmas ekan. Davolashning imkoni yo‘qmi?
A.Olimova, Toshkent shahri

Muyassar NAZIROVA, tibbiyot fanlari nomzodi:
— Homiladorlik yuzaga kelishi uchun ayol va erkakning qon guruhidagi rezus-faktor ko‘rsatkichi bir-biriga mos kelishi kerak. Agar rezus manfiy bo‘lgan ayol rezus musbat erkak bilan oila qursa va homilaning rezusi ham musbat bo‘lsa, ayol organizmi antitanachalar ishlab chiqarib, homilani qabul qilmaydi. Rezus manfiy ko‘rsatkich holatida ayol qonidagi antitanachalar miqdori yuqoriligi aniqlansa, ularni kamaytirishga doir muolaja bajariladi. Rezus musbatligida antitanachalar paydo bo‘lmasa, homiladorlik yuzaga kelish ehtimoli mavjud sanaladi.

Tibbiyotda rezus manfiy ko‘rsatkich bilan ham farzand ko‘rish holatlari qayd etilgan. Buning uchun antitanachalar miqdorining ortishi nima sababdan yuzaga kelgani va uni kamaytirishga qaratilgan davo choralari ko‘riladi. Muolaja yakunlangach, yana bir marotaba tekshiruvdan o‘tib, so‘ng homiladorlikni rejalashtirish mumkin.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifo maslahat: Er-xotin rezus faktori mщs kelmasa...