15:06 / 03.10.2017
9 087

Avstraliya olimlari saraton xastaligiga qarshi kurashuvchi yangi dori vositasini yaratishdi

Avstraliya olimlari saraton xastaligiga qarshi kurashuvchi yangi dori vositasini yaratishdi
Barchaga ma’lum, saraton shishlari organizmda chalkash tomirchalar hosil qilgan holda immunial tizim hujumidan o‘zini saqlaydi. G‘arbiy Avstraliya universiteti hamda Garri Perkins nomidagi tibbiyot ilmiy tekshirish instituti olimlari o‘zaro hamkorlikda yangi dori vositasini yaratishdi.

Ammo hozircha dorining nomi ma’lum qilinmagan. Klinik sinovlardan so‘ng dunyo ahliga bu dori haqida to‘liq ma’lumot tarqatishni mo‘ljallashgan. Yangi dorining xususiyati shundaki, organizmga kirgach, saraton shishi doirasidagi chalkash tomirchalar o‘rniga odatiy tomirchalar hosil qiladi. Shu tomirchalar orqali immunial tizim saraton shishlari ichkarisiga bemalol kirib boradi va xastalikka qarshi faol kurashadi.

Olimlarning aytishicha, yangi dori o‘pka saratoniga qarshi qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Avstraliya olimlari saraton xastaligiga qarshi kurashuvchi yangi dori vositasini yaratishdi