15:30 / 04.10.2017
7 926

Shifo maslahat: Gazlangan ichimliklar...

Shifo maslahat: Gazlangan ichimliklar...
— Gazlangan ichimliklarning organizmga ta’siri qanday? Ular spazm paydo qiladi deb eshitganman. Tug‘rimi?
A.Tursunov, Navoiy viloyati

Nodira HAMROYeVA, shifokor-terapevt:
— Suyuq taomdan so‘ng gazlangan yoki spirtli ichimlik ichilsa, ichaklar peristaltikasi buzilib, qorinda og‘irlik, spazm yuzaga keladi. Har bir luqmadan so‘ng choy xo‘plab qo‘yish ham mumkin emas. 15-20 daqiqa, bu tanovuldan keyingi choyxo‘rlik uchun optimal variantdir. Yana bir muhim qoida, ichimliklarning birini biri bilan aralashtirmang, oshqozoningizni shoshiltirib qo‘yasiz. Yog‘li taom va yeguliklar sabzavotlar bilan birga iste’mol qilingani ma’qul. Baliq mahsulotlarini mayonezli salatlar bilan aralashtirmang. Gastrit, me’da va o‘n ikki barmoqchli ichak yarasi bilan kasallanganlar uchun sirka qo‘shilgan, nordon va sho‘r yeguliklar tavsiya etilmaydi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifo maslahat: Gazlangan ichimliklar...