14:16 / 22.10.2017
17 446

Homiladorlar uchun zaruriy yo’riqnoma

Homiladorlar uchun zaruriy yo’riqnoma

Sog’lom farzand – yurt kelajagi poydevoridir. Shu sababli har bir homilador ayol kelgusida to’rt muchasi sog’ farzandning onasi bo’lish uchun homiladorlikning ilk haftalaridanoq ehtiyot choralarini ko’rishlari lozim.

1.Homiladorlik ma’lum bo’lgach, oilaviy poliklinikadan ro’yhatdan o’tiladi.

2.Homiladorlar uchun 9 soatlik uyqu kunlik me’yor hisoblanadi. Tunda uyquga to’ymasangiz, kunduzi ozroq mizg’ib olishingiz ham mumkin.

3.Zarurat tug’ilmasa homiladorlikning ilk oylarida nurli apparatlar tekshiruvidan imkon qadar kamroq o’tish kerak.

4.Homilador ayollar taomnomasi vitaminlarga boy mahsulotlarda tarkib topishi lozim. Baliq, go’sht, sariyog’, qaymoq, tvorog, pishloq va mevalar shular jumlasidandir.

5.Bu paytda ayol o’zini asabiy holatlar va stressdan saqlagani ma’qul.

6.Yengil jismoniy mashqlar bo’lg’usi ona uchun ham, homila uchun ham koni foydadir.

7.Homiladorlik davrida baland poshnali poyabzallardan butunlay voz kechish darkor.

8.Salqin kunlar kelishi bilan shamollab qolmaslik chorasini ko’rish homiladorlik davrida muhim ahamiyat kasb etadi.

9.Bu davrda tishlar juda ta’sirchan bo’lib qolishi tabiiy. Shu sababli homiladorlikning ilk oylaridanoq tish shifokori qabulida bo’ling.

10. Qattiq toliqib qolgunga qadar ishlash tavsiya etilmaydi.

11. Har doim qomatni tik tutib yurishga odatlanish kerak. Uyni tozalash yoki changyutgichdan foydalanishda ham faqat tizzalarni bukib egilgan durust.

12. Birinchi uch oylik – homiladorlikning eng muhim davri hisoblanadi. Uni ko’ngildagidek o’tkazib olish esa keyingi oylar davomidagi yaxshi kayfiyat va holatni ta’minlab beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Homiladorlar uchun zaruriy yo’riqnoma