10:35 / 24.10.2017
6 863

Taomlanish tartibiga befarq bo’lmang!

Таомланиш тартибига бефарқ бўлманг!

To’g’ri ovqatlanish tartibi kishi tanasining salomatligi va go’zalligini ta’minlashi siz va bizga yaxshi ma’lum. Ammo shunday paytlar bo’ladiki, qarshingizdagi mazali konfetni rad etishga botinolmaysiz... Keling, bugun salomatlingiz va go’zalligingizga soya soluvchi mahsulotlar ro’yhati bilan yaqindan tanishamiz.

Chips

Yuqori kaloriyali chipslar tarkibidagi kantserogen va tuzlar chiroyli qomatning kushandasidir. Ermak uchun bo’lsa o’rniga bodroq yeyish ancha foydaliroq.

Kolbasa

Kolbasa mahsulotlarining tarkibidagi soya oqsili va turli qo’shimchalar uning mazali hamda xushbo’y bo’lishini ta’minlasa-da, organizmga sezilarli darajada ziyon yetkazmasdan qolmaydi.

Mayonez

Mayonezning zararli mahsulot ekanligini bila turib ham iste’mol qilishga jazm etmassiz balki? Salatlarning mazasini rostlash uchun esa yog’lilik darajasi kamroq bo’lgan smetanadan foydalansangiz bo’ladi.

Konfetlar

Konfetlar tarkibidagi rafinadlangan shakar qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, qandning ortiqchasi esa yog’ga aylanadi-qo’yadi. Shu sababli konfet o’rniga turshak yoki mayiz yegan yaxshiroq.

Shokolad

Juda yegingiz kelsa achchiq va qora shokoladga ro’yxushlik bering. Sifatli shokolad tarkibining 70% ini kakao tashkil qilishi kerak.

Tort va pirojniylar

Bunisini aytmasak ham o’zingiz juda yaxshi bilsangiz kerak. Ba’zan shirinlikka ko’nglingiz ketsa, tortning ham shokolad va yong’oqli turlarini emas, mevali va qaymoqli kremdan iborat ko’rinishini harid qilishingiz mumkin. Me’yor borasida nazoratni qo’ldan boy bermasangiz bo’lgani!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Taomlanish tartibiga befarq bo’lmang!