23:06 / 12.11.2017
16 515

Tirnoqlarning holatiga qarab inson qaysi xastalik bilan og‘riganini aniqlash mumkin

Tirnoqlarning holatiga qarab inson qaysi xastalik bilan og‘riganini aniqlash mumkin
Tirnoqlarga qarab o‘pka, buyrak, jigar, artrit xastaliklari, organizmda vitamin va minerallar tanqisligini aniqlasa bo‘ladi. Masalan, anemiya va psoriazga uchragan odamning tirnoqlarida chuqurchalar paydo bo‘ladi. Agar tirnoqning yarmi oqarib qolsa, qon tarkibida albuminlar miqdori kamayganidan darak hisoblanadi.

Kislorod yetishmasa, tirnoq ko‘karib qoladi. Yuqumli endokardit xastaligiga uchraganlar tirnoqlari ostiga qon yig‘ila boshlaydi. Organizmda vitaminlar, kalsiy, oqsil tanqisligi kuzatilsa, bu odamning tirnoqlari o‘ta zaiflashib ketadi. Temir moddasi yetishmasligi esa tirnoqlar pastga qarab qiyshaygan holda o‘sishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tirnoqlarning holatiga qarab inson qaysi xastalik bilan og‘riganini aniqlash mumkin