23:33 / 14.11.2017
13 650

Olimlar inson o’lim bilan yuzlashganidan keyin nimalarni his etishi haqida ma’lum qildilar

Olimlar inson o’lim bilan yuzlashganidan keyin nimalarni his etishi haqida ma’lum qildilar
Nyu-York universiteti olimlarining ta’kidlashlaricha, inson vafot etganidan keyin ham atrofdagi voqealarni tahlil qila oladi, vafot etgani va sodir bo’layotgan voqealarni tushunadi.

Shifokorlar o’lim vaqtini yurak urishi to’xtagan soniyadan boshlab hisoblaydilar. Bu paytda qon miyaga etib bormay qoladi, natichada bir lahzada u o’z ishini to’xtatadi. Bu holat miya to’qimalarining o’lishiga olib keladi. Ammo mazkur jarayon klinik o’limdan so’ng yana bir necha soat vaqtni talab qilishi mumkin, deydi tadqiqot rahbari Sem Parnia.

Shuningdek, inson yurak urishining to’xtashi bilan atrofdan birdagina uzilmaydi. O’limning birinchi bosqichidagi insonlar hodisalarni qabul qilish imkoniyatini saqlab qoladilar. Bunday hulosaga klinik o’lim bilan yuzlashib, hayotga qaytgan insonlarning yurak to’xtagan paytda ham atrofdagi voqealarni anglab turganlari haqidagi hikoyalari asos bo’lgan, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar inson o’lim bilan yuzlashganidan keyin nimalarni his etishi haqida ma’lum qildilar