15:27 / 15.11.2017
11 580

Qahvaning foydali xususiyatlari aniqlandi

Qahvaning foydali xususiyatlari aniqlandi
Olimlar qahva ko’plab kasalliklarning rivojlanishiga to’sqinlik qila olishini aniqladilar. AQSh kardiologlari assotsiatsiyasida Kolorodo universiteti tibbiyot maktabi mutaxassislari ma’ruza qilib, qahvaning foydali xususiyatlarini tilga olib o’tdilar. Ma’lum qilinishicha, haftasiga bir necha finjon qahva ichish infarkt xavfini 7 % ga, insult xavfini esa 8% ga kamaytiradi.

Olimlar shuningdek qahva inson organizmiga zarar emas, foyda keltirishini, yurak-qontomir tizimini yaxshi holatda ushlash va yurakning bir maromda ishlashiga ko’mak berishini alohida qayd etdilar. Ammo qahvani haddan ortiq ko’p miqdorda iste’mol qilishning zararlari ham inkor etilmadi. Yurak-qontomir kasalliklarining rivojlanishida esa yog’li go’shtning xavfliroq ekanligini aytildi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, aynan yog’li mahsulotlarni iste’mol qilish yurak-qontomir kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qahvaning foydali xususiyatlari aniqlandi