09:47 / 20.11.2017
10 613

Dyuka universiteti olimlari semirib ketishning asl sababini aniqladi

Dyuka universiteti olimlari semirib ketishning asl sababini aniqladi
Agar shu kunga qadar organizmda ortiqcha yog‘lar hosil bo‘lishiga ovqat sabab qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa, amerikaliklar o‘tkazgan tadqiqot umuman boshqa sababni ko‘rsatib berdi. Odam haddan ziyod semirib ketishiga aslida ovqat, kam harakatlanish sabab bo‘lmas ekan. Buning asl sababchisi organizmimizdagi «Ankirin-V» oqsili ekan.

Aynan shu oqsil yog‘ to‘qimalariga glyukoza kelib tushish tezligiga javobgar hisoblangan «Glut4» oqsili faoliyatini nazorat qiladi. U parhez, sport bilan shug‘ullanish jarayoni foydasini ham yo‘qqa chiqaradi. Yog‘li ovqatlar, shirinlikni haddan ziyod iste’mol qiladiganlar organizmida esa «Ankirin-V» oqsili uchun rostakam to‘y bo‘ladi. Olimlarning aytishicha, agar ish shunday davom etadigan bo‘lsa, haddan ortiq semirish epidemiyaga aylanishi ham hech gap emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Dyuka universiteti olimlari semirib ketishning asl sababini aniqladi