Odatda bu patologiya rivojlangan bolalar tug’ruq sanasigacha ham yashay olishmaydi.
Chaqaloqning onasi Naomi Findli qizaloqda “yurak ektopiyasi” borligi va uning yurak mushagi ko’krak qafasidan tashqarida bo’lishi haqida homiladorlik paytidayoq eshitgan. Shifokorlar uning yashab ketishiga umid yo’q ekanligini aytgandilar.
Shifokorlar Naomiga homilani oldirib tashlashni maslahat berishdi. Ammo Naomi qizaloqdan voz kechmadi. “Uni dunyoga keltirganimdan keyin yig’laganida, turmush o’rtog’im bilan o’zim ham unga qo’shilishib yig’ladik. Biz uning yashab ketishiga ishongan edik” deydi Naomi.
Xabarda aytilishicha, chaqaloq dunyoga kelgach, uni infeksiyalardan himoyalash uchun darhol plastik paketga o’rab qo’yishgan va lesterlik shifokorlar tomonidan qattiq nazorat qilib turilgan. Qizaloq 3 haftalik bo’lgach, 3 ta operatsiyani boshdan o’tkazdi.
Natijada esa yurak o’z o’rniga qaytarildi va chaqaloq hayoti saqlab qolindi.
Bu haqida shifokor Frensis Bulok shunday deydi:
“Yuragi tashqariga chiqib tug’iladigan chaqaloqlar milliondan bittaga to’g’ri keladi. Odatda bunday bolalar ona qornidaligidayoq vafot etishadi va bu mening tajribamdagi birinchi yashab ketish holati!”
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?