00:01 / 17.12.2017
8 763

Bir piyola issiq choyga marhamat! Olimlar issiq choyning ko’z uchun foydali ekanligini aniqladilar

Bir piyola issiq choyga marhamat! Olimlar issiq choyning ko’z uchun foydali ekanligini aniqladilar
Tadqiqotlar davomida qahva, sovuq choy, kofeinli choy va boshqa turdagi alkogolsiz ichimliklardan farqli ravishda kuniga hech bo’lmaganda 1 finjon issiq choy ichish ko’rish qobiliyatining yo’qolishiga sabab bo’luvchi asosiy omillardan biri – glaukomaning rivojlanish xavfini 74%ga kamaytirishi aniqlandi.

Tadqiqot mualliflari 2005 yildan 2012 yilgacha bo’lgan davrda o’n minglab hamshira va boshqa tibbiyot vakillarining hayot tarzini kuzatgan holda ushbu qarorga kelishgan.

Olimlarning aytishlaricha, choy tarkibida mavjud bo’lmish ko’p miqdordagi antioksidantlar ko’zda kimyoviy molekulalar yig’ilishi natijasida hujayralar halok bo’lishi jarayonini sekinlashtiradi.

Eslatib o’tamiz, glaukoma ko’zning ichki bosimi ko’tarilishi natijasida paydo bo’lib, ko’rish nervlarining zararlanishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bir piyola issiq choyga marhamat! Olimlar issiq choyning ko’z uchun foydali ekanligini aniqladilar