10:42 / 22.12.2017
17 900

Olimlar o’pkani nikotindan olma yordamida tozalash mumkin ekanligini oshkor etdilar

Olimlar o’pkani nikotindan olma yordamida tozalash mumkin ekanligini oshkor etdilar
Jon Xopkins universiteti olimlari o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida oddiygina parhez bilan inson organizmini barcha zararli moddalardan halos etish va o’pkalarni “yangiday” holatga keltirish mumkin ekanligini oshkor etdilar.

Xabarda aytilishicha, bir necha yil davom etgan kashandalik odatidan keyin ham o’pkani zararli moddalardan tozalash mumkin va buning uchun kuniga ikkita pomidor va bir necha dona olma iste’mol qilish kifoya.

Olimlar fikricha, bu turdagi parhez tamaki chekuvchi inson o’pkasini yig’ilib qolgan nikotindan tozalaydi va parhez qat’iy ravishda amalga oshirilganda uni asta-sekin organizmdan chiqarib yuboradi.

Pomidor va olma tarkibidagi mikroelement hamda butun boshli vitaminlar guruhi qonda erib, tomir devorlarining qayta tiklanishi va buning natijasida tana a’zolarining to’g’ri ishlashi jarayonlarida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar o’pkani nikotindan olma yordamida tozalash mumkin ekanligini oshkor etdilar