15:00 / 03.01.2018
48 412

Tuya suti jigar sirrozini davolaydi

Tuya suti jigar sirrozini davolaydi
Birlashgan Arab Amirliklari va O‘rta Osiyoda tuya suti shifobaxsh xususiyati bilan qadimdan mashhur. Oppoq, biroz shirinroq ta’mga ega bo‘lgan tuya suti uning qanday ozuqa bilan oziqlangani va ichgan suvining sifatiga qarab, o‘z ta’mini o‘zgartirib turishi mumkin.

Tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino ham «Tib qonunlari» kitobida tuya sutining shifobaxshligi xususida yozib qoldirgan. Unda yozilishicha, eramizdan ikki ming yil avval Arabistonda tuyalar qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilgan. Shundan beri uzoq vaqt suvsizlikka chidamli, beminnat yuk tashuvchi, go‘shti va suti, juni bilan qadrlanadigan tuyalar insonning eng yaqin hamrohiga aylangan. Sahroda tuyalar, asosan, yantoq bilan oziqlanadi. Bu o‘simlik esa o‘ta shifobaxsh xususiyatga ega. Chunki yantoq tarkibida juda ko‘p miqdorda mineral va biologik moddalar mavjud. Yantoq mikroblarga qarshi kurashuvchi antibakterial xususiyatga ega. Shu sababli ham yantoq bilan oziqlangan tuya sutining shifobaxshligi beqiyosdir.

Bir o‘rkachli tuyalar yiliga 2000 litr, ikki o‘rkachlilari esa 750 litrgacha sut beradi. Markaziy Osiyo xalqlari biya sutidan qimiz, tuya sutidan esa qumron ichimligini tayyorlashadi. Biya va tuya sutida boshqa sutlarga nisbatan laktoza ko‘p bo‘lgani bois tezda achib, tarkibida nordon moddalarni hosil qiladi. Natijada shifobaxsh ichimlikka aylanadi.

Azaldan odamlar qimiz va qumronni kamquvvatlik, kamqonlik, sil, nafas va oshqozon-ichak yo‘llari, jigar, buyrak, yurak, asab kasalliklarini davolash uchun iste’mol qilishgan. Qimiz va qumron faqatgina bemorlar uchun emas, balki sog‘lom odamlar uchun ham foydali. Qimiz va qumron chanqoqni bosadi, organizmni tetiklashtirib, salqinlik beradi va ochlikdan saqlaydi.

Ko‘chmanchi chorvadorlar tuya sutidan qimiz tayyorlashadi. Buning uchun ular teridan tayyorlangan meshga ozgina qatiqqa o‘xshash achitqi solishadi. So‘ngra yangi sog‘ilgan tuya sutini mesh ichidagi achitqiga aralashtirishadi. Bir kecha-kunduzdan keyin meshni yaxshilab chayqatishadi. Qarabsizki, ot sutidan tayyorlangan qimizga nisbatan 8 foiz yog‘liroq, sal sho‘r ta’mli, quyuq ichimlik tayyor bo‘ladi.

Tuya suti tarkibida V1, V2 vitaminlari, temir, fosfor, oltingugurt, kalsiy moddalari, ayniqsa, S va D vitaminlari tuya sutida sigir sutiga nisbatan uch barobar ko‘p bo‘ladi.
Shuning uchun immunitet past bo‘lganda, har kuni och qorinda yarim litr yangi sog‘ilgan tuya suti ichish lozim.

Tuya sutini iste’mol qilganda bemor achchiq, sho‘r, dudlangan va turli konserva muhsulotlari, shuningdek, spirtli ichimliklar ichish, sigaret chekishdan tiyilishi shart. Chunki parhez tutish tuya sutining shifobaxshligini oshiradi. Dastlab, bu sutni iste’mol qilganda bemorning ichini surishi mumkin. Yana qusish ehtimoli ham bor. Lekin shunda ham bemor sut ichishni to‘xtatmasligi kerak. Organizm bu vaqtda tanadagi ortiqcha xilt (shlak) lar, toksin (zahar) lardan tozalanayotgan bo‘ladi.

Eslatma: Har qanday sut mahsulotlariga allergiyasi bor insonlarga tuya suti tavsiya etilmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tuya suti jigar sirrozini davolaydi