20:20 / 03.01.2018
7 002

Yangi yildan keyin ichakni sog‘lomlashtirish bo‘yicha diyetolog tavsiyalari

Yangi yildan keyin ichakni sog‘lomlashtirish bo‘yicha diyetolog tavsiyalari
Hozir ham hammaning uyida Yangi yil bayramidan qolgan bir tonna ovqat borligi aniq. Ularni yeb tugatguncha, oshqozon va ichaklar ham dodlab yuboradi. Chunki uch kunlab kaloriyaga boy, turgan-bitgani uglevod va yog‘lardan iborat bo‘lgan taomlardan odam nafaqat semirib ketishi, balki ichaklar ham zaharlanishi mumkin. Xuddi shu fursatda bizga ekspert-diyetologlarning maslahati asqotishi aniq.

Ovqatlaringiz tugab bo‘lgach, bir nechta oddiy uslublardan foydalanib, ichaklaringizni tozalab olishingiz mumkin. Yengil ovqatlanadigan kunlar va detoks-parhezlar bu borada sizga yordam berishi aniq.

Yengil ovqatlanadigan kunlarda kun bo‘yi shu ikki mahsulotlarni yeb yurasiz:
— qatiq+olma;
— grechkali bo‘tqa+qatiq;
— ko‘k choy+sitrus mevalar;
— suli+mevalar;
— xom sabzavotlar+zaytun yog‘i;
— smuzi+yogurt.

Siz yuqoridagi mahsulotlardan birini tanlab, kun bo‘yi iste’mol qiling va har 1-2 soatda 1 stakan suv ichishni kanda qilmang. Ichaklarni tozalashni tezlashtirmoqchi bo‘lsangiz, ratsioningizga shipovnik qaynatmasini qo‘shishingiz mumkin. Uning peshob haydash xususiyati organizmning o‘z-o‘zini tiklash xususiyatini tezlashtiradi.

Ekspertlarning fikricha, detoks-ichimliklar yordamida ham xuddi shunday natijaga erishish mumkin ekan. Bunda 1-3 kun faqat suv va meva-sabzavotlarning sharbatini ichib yurasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yangi yildan keyin ichakni sog‘lomlashtirish bo‘yicha diyetolog tavsiyalari