20:21 / 04.01.2018
14 176

Olimlar kolbasa va sosiskalarning xavfidan ogohlantiradi

Olimlar kolbasa va sosiskalarning xavfidan ogohlantiradi
Olimlar ishlov berilgan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish, insonlarda xavfli o‘smalar kelib chiqishining ehtimolini oshirishini aniqlashdi. Bu to‘g‘ridagi maqola European Journal of Cancer ilmiy jurnalida chop etildi.

Glazgo universiteti mutaxassislari 260 ming nafar o‘rta yoshdagi ayollarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishgan.

Tadqiqotda aniqlanishicha, bir kunda 9 (to‘qqiz) gramm qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish, ayollarda ko‘krak saratoni bilan kasallanish ehtimolini 15 foizga oshiradi. Bu, bir hafta davomida ikkita sosiska yoki uchta parrak qilib kesilgan, dudlangan go‘shtni iste’mol qilish deganidir.

Tadqiqot natijasida qayd etilishicha, aynan qayta ishlangan go‘sht mahsuloti shunday xavf tug‘diradi.

Bundan oldinroq, BJSST bir kunda 50 gramm qayta ishlangan go‘sht mahsulotini iste’mol qilish, insonda xavfli o‘smalar paydo bo‘lishi ehtimolini 18 foizga oshirishini aniqlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar kolbasa va sosiskalarning xavfidan ogohlantiradi