23:15 / 18.01.2018
12 508

Bedana tuxumi—barcha kasalliklardan forig‘ etadi

Bedana tuxumi—barcha kasalliklardan forig‘ etadi
Bedana tuxumining foydali jihatlari qadimdan ma’lum bo‘lgan. O‘zining kichik o‘lchamiga qaramasdan, u juda ham mazali va to‘yimli bo‘lib, tarkibida ko‘p miqdorda biologik faol moddalar mavjud.

Tovuq tuxumi bilan taqqoslaganda, bedana tuxumining bir grammida ikki marta ko‘proq A va D vitamini borligini aytish mumkin. Shuningdek, uning tarkibida B vitamini, mis, fosfor, kaliy, temir, kobalt, nikotin kislotasi va tengi yo‘q aminokislotalar mavjud.

Bedana tuxumining dorivor xususiyatlari
Tovuq tuxumidan farqli ravishda bedana tuxumi xolesterinni kamaytirishga xizmat qiladi. Yana bir muhim jihati, u allergiya chaqirmaydi, shuning uchun ham bolalar taomnomasiga uni ikkilanmasdan kiritish mumkin.

Ushbu mahsulotni muntazam iste’mol qilish inson asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Undagi fosfor, kaliy va temir moddalari xotirani mustahkamlaydi. Mutaxassislar xom bedana tuxumini bolalar va qariyalar ratsioniga kiritishni tavsiya qiladi.

Bedana tuxumi qon bosimini normallashtiradi va hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. U antibakterial va immunitetni mustahkamlovchi xususiyatga egaligi uchun xasta va nimjon kishilarga ham tavsiya etiladi. Mahsulot kamqonlik, yurak xastaliklari, kuchli bosh og‘rig‘i, bronxial astma, gastrit xastaligiga chalingan kishilar uchun ham foydalidir.

Bedana tuxumi erkaklar quvvatini oshiruvchi mahsulot sifatida ham mashhur.

Ayollarga homiladorlik va bolani emizish davrida kerakli vitaminlar, aminokislota va mikroelementlarga boy bo‘lgan bedana tuxumini iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, 90 foizi karbonat kalsiydan tashkil topgan bedana tuxumining po‘chog‘i dorixonalardagi kalsiy vositasidan ko‘ra osonroq organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, uning po‘chog‘ida organizm uchun zarur bo‘lgan mis, ftor, kremniy, oltingugurt va ruh mavjud.

Bedana tuxumining afzalliklaridan biri uni uzoq vaqt saqlash mumkinligidir. Uni xona haroratida bir oygacha, muzlatgichda esa 60 kungacha saqlash mumkin.

Bedana tuxumini har qanday ko‘rinishda: xomligicha, qaynatib yoki qovurib iste’mol qilish mumkin.

ISTE’MOL QILISh TARTIBI
Mittigina tuxumni nafaqat xomligicha iste’mol qilish, balki qaynatish, qovurish, hatto dudlash va marinadlash ham mumkin.

Bedana tuxumi terining sog‘lom va ko‘rkam bo‘lishiga yordam beradi.

Bolalar bir kunda 2-4 dona, kattalar 3-5 dona tuxumni ertalab och qoringa iste’mol etishi tavsiya etiladi. Eng foydalisi, tuxumni xomligicha och qoringa ichishdir. Buni uch-to‘rt oy davomida tanaffussiz amalga oshirish lozim. Davolash ikki haftadan keyin o‘z samarasini ko‘rsatadi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa bedana tuxumini pishirilgan holda bergan ma’qul.

ENG ShIFOBAXSh TUXUM
Bedana tuxumi tarkibida erkaklar salomatligi uchun foydali moddalar, mikro va makro elementlar, vitaminlar 3-4 marta ziyod. Masalan, tuxumdagi kaliy moddasi tovuq tuxuminikiga qaraganda besh barobar ko‘proq. Bu esa erkaklik quvvatini oshirishda juda samarali yordam beradi.

KIChIK TAVSIYaLAR
Bir stakan tabiiy sharbatga 2-3 ta ko‘pirtirilgan tuxum va bir qoshiq asal qo‘shing va undan kuniga bir mahal qabul qiling, quvvatingiz oshadi.

Erkaklar potensiyani oshirish uchun 40 kun davomida ertalab 3 ta, kechqurun 3 ta bedana tuxumini xomligicha ichishi lozim.

3-4 oy bedana tuxumi iste’mol qilish duduqlanishni bartaraf etishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bedana tuxumi—barcha kasalliklardan forig‘ etadi