14:31 / 21.01.2018
7 249

Samarqandda shifokor xizmat vazifasini suiste’mol qildi (Video)

Samarqandda shifokor xizmat vazifasini suiste’mol qildi (Video)
Hech qanday asossiz pul so‘ragan shifokor, bu pulni “insof” bilan so‘rayotganini ta’kidlagan. Porani ham insof bilan yoki insofsizlarcha so‘rash mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu video kishini uylantirib qo‘yadi, Prezidentimizning shuncha jon kuydirayotgani, xalqni o‘ylab amalga oshirayotgan ishlari, rahbar va davlat ishchilarini insofga chaqirib kelayotgan bir paytda shifokorlar “u zamonlar” o‘tib ketganini hali ham his qilishayotgani yo‘q, shekilli.

To‘g‘ri bu bilan biz barcha shifokorlarning “Gippokrat qasamini” buzishayotganini da’vo qilmaymiz, lekin xalqimizda “bir .... tana butun podani buzadi” degan naql ham bejizga aytilmagan axir.

"O‘zgarish davrida", o‘zgarishlaringizni tarafdorimiz.

Bir kunda ko‘p minglab muxlislarga yetib borgan va ularning keskin norozilgiga sabab bo‘lgan bu video Samarqand viloyatidagi shifoxonalardan birida ro‘y bergani taxmin qilinmoqda.

Noma’lum erkak kishi shifokorning oldiga kirib nega uning xotinidan 25 ming so‘m so‘ralgani va bu noqonuniy ekanligini aytadi.

O‘z o‘rnida shifokor esa, "siz ko‘chadan keldingiz, kasallik tarixi va varaqangiz yo‘q, shunga so‘radim, bermasangiz ketavering" deb juda bamaylixotir gapirganini, Sog‘liqni saqlash vazirligi qanday izohlaydi. Yoki bu odatiy holmi ular uchun.

Yo‘q, buni izohlashning hojati yo‘q, aksincha bunday xodimlarni jazolash kerak, ularga tegishli tartibda chora ko‘rish kerak, albatta qolganlarga o‘rnak bo‘lishi uchun.

Qanday chora ko‘rilganini esa OAVda e’lon qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Samarqandda shifokor xizmat vazifasini suiste’mol qildi (Video)