13:03 / 23.01.2018
11 569

Homiladorlar uchun "tabiiy vitaminlar" kompleksi...

Ҳомиладорлар учун "табиий витаминлар" комплекси...
Homiladorlar uchun anor yanada foydali, ya’ni u immunitetni ko‘taradi, quvvatlantiradi, anemiyaga yo‘l qo‘ymaydi, shamollashdan xalos etadi, yo‘talni davolaydi, turli xil vitaminlar kompleksini organizmga joylashtiradi. Bundan tashqari anor arterial qon bosimining tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni bo‘lajak onalarni gipertonik xastalikdan himoyalaydi.

Shuningdek, anor bo‘lg‘usi onalarga taomning hazm bo‘lishini osonlashtiradi, toksikoz tufayli yo‘qolgan ishtahasini qaytaradi.

Homiladorlik davrida peshob chiqmasligi oqibatida shishlar bezovta qiladi. Ana shunday vaqtda anor sharbati muolajasi peshobni haydashga yordam beradi.

Anorning organizmda oksitotsin gormonini ishlab chiqishi oqibatida tug‘ruq oson kechadi.

Ma’lumki, pektin moddasi organizmdan toksik moddalarni haydab chiqaradi. Bu esa organizm uchun kerak bo‘lgan antibiotik o‘rnini bosadi. Shuningdek, pektin o‘t qopi va jigar faoliyatini yaxshilaydi hamda qondagi xolesterinning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Ye vitamini tufayli anor kuchli antioksidantga aylanadi. Bu bilan esa organizmda qon ishlab chiqarilishini me’yorlashtiradi, ko‘zni ravshan qiladi, teri holatini yaxshilaydi va homiladorlik davrining to‘g‘ri davom etishiga ko‘maklashadi.

Anor tarkibidagi mineral moddalar: kalsiy, temir, kaliy, fosfor, magniy, natriy, kremniy, marganets va oltingugurt organizmda modda almashinuvini yaxshilashi va shu kabi elementlar bilan uni boyitishi tufayli homiladorlik davri juda yaxshi kechadi.

Homiladorlikda ko‘p uchraydigan jig‘ildon qaynashini ham anor sharbatini uzluksiz ichib turish bilan yengish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Homiladorlar uchun "tabiiy vitaminlar" kompleksi...