22:30 / 23.01.2018
9 146

Tanadagi kalsiy qanday ahamiyatga ega?

Tanadagi kalsiy qanday ahamiyatga ega?
Ko‘pchilik insonlar suyaklarini jonsiz deb hisoblashadi. Lekin ustki qismini hisobga olmaganda suyaklar jonli bo‘lib, ichida o‘ta ingichka tomirlar, asab tolalari va suyak iligi mavjud. Insonning suyaklari bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos “bank” hamdir. Zero, ular kalsiy va fosfor kabi hayotiy zarur moddalarni yig‘ib, kerak bo‘lganda, yig‘ilgan bu moddalarni tanaga qaytarib beradi.

Tanadagi kalsiy qanday ahamiyatga ega?
Kalsiy tanaga atrofdan keladigan ogohlantirishlarning asab tolalariga yetib borishini ta’minlaydi. Bu juda muhim. Chunki kalsiysiz ogohlantirishlar asab tolalariga yetib kelmaydi. Bu esa – inson falaj bo‘lib, ichki a’zolari ishlamay qoladi va insonni o‘limga olib boradi, degani.

Kalsiyning ahamiyati bu bilan chegaralanmaydi
Bir joyingiz kesilsa, sal o‘tib qon qotib, oqishdan to‘xtaydi. Bu – favqulodda muhim holat. Agar qon quyuqlashib qotib qolmasa, nima bo‘lardi? Suv to‘la teshik tog‘oraning suvi teshikdan oqib bo‘shab qolgani kabi, vujudimizdagi qon ham kichkina kesik joydan oqib ketgan bo‘lardi. Lekin inson tanasida qonni qotiradigan mo‘’jizaviy mexanizm borki, u insonni muqarrar o‘limdan saqlaydi. Mazkur mexanizmni harakatga keltiradigan eng asosiy omillardan biri aynan kalsiydir. Zero, suyaklarimizda kalsiy yig‘ilmaganda qonimiz quyulib, qotib qolmagan bo‘lardi.

Vujudimizda borayotgan salomatligimiz bilan bog‘liq bu kabi jarayonlar bizdan hech qanday harakat talab qilmaydi. Shu bois, bu holatlarni mehribon Allohning biz bandalariga cheksiz rahmatidan bir dalil sifatida bilishimiz va hamisha shukrda bo‘lishimiz lozim.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tanadagi kalsiy qanday ahamiyatga ega?