Insonlar fikr kuchi bilan har qanday kasallikdan forig‘ bo‘lishi mumkin

  • 28 yanvar 2018, 23:00
  • 4 663
  • Tibbiyot
  • Insonlar fikr kuchi bilan har qanday kasallikdan forig‘ bo‘lishi mumkin
    Tibbiyot adabiyotidan 1957 yilda sodir bo‘lgan g‘aroyib voqea. Bu voqea aynan organizmning davolash mexanizmi ishlashiga misol bo‘la oladi.

    Bemorda limfosarkomaning og‘ir turi edi. Ahvoli og‘irlashib borar, hayoti tugab borayotgan edi.

    Uning yelkasi, ko‘krak qafasi, bo‘yi va qo‘ltiq ostida hajmi apelsindek keladigan o‘simtalar egallab olgan. Jigari va o‘t qopining hajmi kattalashib, o‘pkasida har kuni 2 litrgacha xira suyuqlik to‘planardi. U nafas olishi uchun suyuqlikni olib tashlash kerak bo‘lardi. Biroq shuncha qiyinchiliklarga qaramay bemorning yashashdan umidi bor edi. U o‘sha vaqtda barcha kasalliklarga davo bo‘ladi deya ta’riflangan krebiozen dorisi haqida eshitib qoladi va davolovchi shifokoriga ushbu tabletkani unga yozib berishini so‘rab yolvoradi. Biroq shifokor bemorning o‘limi yaqin holatda bunday dorini tavsiya eta olmasdi, vaziyatdan chiqish uchun bemorga keyingi haftadan boshlashlarini aytadi. Ichida bemorning hafta oxirigacha yetmaydi degan xayolda. Biroq hatto dushanba kuni ham bemor tirik va shifokorini kutardi.

    Krebiozen qabul qila boshlagach bemorning o‘smalari tezlikda kichraya boshladi, xuddi gaz pechida eriyotgan sariyog‘dek, 10-kuni ular butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.

    Bemor shodlikdan raqsga tushib krebiozen barcha xastaliklarni davolay oluvchi mo‘’jiza ekanligiga chin dilidan ishonardi. Bu hol ikki oy davom etgach, krebiozen tabletkasining foydasi tasdiqlanmagani haqidagi xabar e’lon qilinadi va tushkunlikka tushgan bemorga saraton yana qaytadi.

    Bemorining ahvolini ko‘rgan shifokor Uest ayyorlik qilishga qaror qiladi va bemoriga oldingi krebiozen samaradorligi pastroq bo‘lgani va hozirda yanada kuchli krebiozen mavjud ekanligini aytib unga vitaminli ineksiya yuborishadi. Bu safar bemorning o‘smalari yo‘qolish bilan birga, o‘pkasidagi suvlar ham yo‘qoldi.

    Biroq hammasini Amerika dori assotsiyasining gazetada krebiozen mutlaqo samarasiz ekani haqidagi tahlil natijalari barbod qildi. Bu xabarni eshitgan bemor esa sog‘lom va tuzalganiga qaramay ikki kundan so‘ng vafot etgan. Ming afsuski, kasallikni aynan o‘zi yengib, o‘z-o‘zini ishonchi bilan davolaganini anglamay olamdan ko‘z yumgan edi.
    Ziyoda Ziyayeva tayyorladi.

    Manba: mulohaza.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Insonlar fikr kuchi bilan har qanday kasallikdan forig‘ bo‘lishi mumkin