23:06 / 28.01.2018
7 311

Shakarning yangi xavfi ma’lum qilindi

Шакарнинг янги хавфи маълум қилинди
Xitoy va Buyuk Britaniya olimlari guruhi qand kasalligi va shakarning qonda ko‘p miqdorda bo‘lishi uzoq davom etuvchi aqliy qobiliyat (kognitiv) buzilishlari bilan bog‘langanligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Diabetologia jurnalida chop etildi, deb yozadi Kun nashri.

Olimlarning fikricha, qonda shakar miqdorini nazorat qilish miya ishi yomonlashuvi oldini olishi mumkin.

Tadqiqotda 5 mingdan ko‘proq keksa yoshli odamlar ishtirok etishgan. Ilmiy ish davomida ishtirokchilarning 10 yil atrofidagi davr ichida qonlaridagi shakarning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatuvchi glikirlangan gemoglobin (HbA1c) ko‘rsatkichi bilan aqliy qobiliyatlari buzilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Aniqlanishicha, HbA1c miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, aqliy qobiliyatlar shunchalik tezroq pasayadi. Mutaxassislar bunda ishtirokchilardagi xolesterin, tana vazni indeksi, ruhiy holat, alkogol va nikotinga tobelik, surunkali kasalliklar, ta’lim darajasi, oilaviy holat va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlarni hisobga olishgan.

Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, qand kasalligidan aziyat chekuvchi yoki unga moyilligi bo‘lgan odamlarda aqliy qobiliyatlar tezroq pasayishi kuzatilgan. “Biz tomondan olingan ma’lumotlar diabetik holatdan qat’iy nazar, HbA1c miqdori va aqliy qobiliyatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa borligini ko‘rsatadi. Bo‘lg‘usi tadqiqotlar uzoq muddatli istiqbolda qand kasalligi bo‘lgan odamlarda qonda glyukozaning optimal miqdorini ushlab turish aqliy qobiliyatlar buzilishiga qanday ta’sir qilishini aniqlash uchun zarur”, deb aytilgan tadqiqotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shakarning yangi xavfi ma’lum qilindi