22:39 / 29.01.2018
10 975

Stress hazm qilish tizimiga ta’sir qiladimi yoki yo‘q?

Stress hazm qilish tizimiga ta’sir qiladimi yoki yo‘q?
Stress holatida ba’zi odamlarni qorin og‘rig‘i bezovta qiladi, yana birovning tomog‘idan hech nima o‘tmaydi. Reaksiyalar turlicha, shunday ekan, "Layfxaker" ekspert - gastroenterolog Anna Yurkevichning bu boradagi fikrlariga qiziqdi.

Stress nima? Kim uchundir bu - metroda harakatlanish, yana birov uchun - samolyotda parvoz qilish. Har qanday holatda ham vegetativ asab tizimi ta’siri ostida oshqozon-ichak trakti jabrlanadi.

Vegetativ asab tizimi ichki organlar faoliyati uchun javob beradi, u avtonom va doimiy ravishda ishlaydi. Biz fikr kuchi orqali ichaklar, oshqozon va boshqa organlar faoliyatiga ta’sir o‘tkaza olmaymiz. Shuning uchun xohlaymizmi-yo‘qmi, xavotirlarga javoban stress gormonlari (masalan, adrenalin) ishlab chiqariladi.

Uning ta’siri ostida oshqozon-ichak trakti mushaklari bo‘shashadi, motorika sekinlashadi, sfinkterlar qisqaradi. Stressdan keyin o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq paydo bo‘lishi sabablaridan biri ham shunda.

Hazm qilish tizimiga keladigan bo‘lsak, stress vaqtida gormonlar ta’siri ostida "ur yoki qoch" rejimi yoqiladi. Qonning asosiy oqimi yurak, miya, mushaklarga boradi (har ehtimolga qarshi qochishga ulgurish yoki qarshilik ko‘rsatish uchun). Bunday holatda oshqozon-ichak traktiga kerakli miqdordagi qon yetib kelmaydi, shunday ekan, ovqat hazm qilish jarayoni ham sekinlashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Stress hazm qilish tizimiga ta’sir qiladimi yoki yo‘q?