Topinamburning quritilgan barg va novdalaridan damlangan choy kuch-quvvatni oshiradi. Ayniqsa, unga 5 dona qora ryabina mevasi, 3-4 bo‘lakcha yalpiz shoxchasi qo‘shib, ustidan qaynoq suv quysangiz, tayyor dorivor choyga aylanadi. Agar istasangiz bir choy qoshiq ko‘k choy qo‘shing. Bu damlama charchoqni tez bartaraf etadi, qon bosimini tushiradi, qondagi qand miqdorini kamaytiradi va eng muhimi, gemoglobinni ko‘tarish orqali quvvatingizni oshiradi.
Topinambur barglaridan tayyorlangan damlama juda foydali. Buning uchun sharbatni tayyorlashdan oldin topinambur shox va barglarini soya joyda quritib oling. So‘ng 15-30 gramm quritilgan topinamburni termosga solib, ustidan 1 litr suv quying va 1 soatga bostirib qo‘ying. Damlama tayyor bo‘lgach, undan suv o‘rnida ichib yuring. U sizni quvvatga kiritib, ishtahangizni ochadi va qondagi keraksiz moddalarni haydab chiqaradi. Bunday damlamani xohishga qarab, 30 kun davomida asal yoki murabbo bilan qo‘shib ichish ham mumkin.
Tongda, och holatda topinambur sharbatidan 2 osh qoshiq olib, unga teng miqdorda toza suv qo‘shib ichsangiz, jig‘ildon qaynashidan qutulasiz.
Bu sharbatdan qon bosimi ko‘tarilgani bois bosh og‘rig‘i va poliartritni davolashda ham foydalaniladi. Buning uchun kuniga 3 mahal 0,5 stakandan sharbat ichish tavsiya etiladi.
Agar siz garnirlar o‘rniga salatlarga topinambur qo‘shsangiz, qomatingizdagi o‘zgarishni darrov payqaysiz. Undan foydalanayotganingizda hamisha yangi qazib olinganiga e’tibor bering. Ana shundagina natijaga tez erishasiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»