08:15 / 04.02.2018
8 648

Amerika olimlari saraton xastaligini yo‘q qilishning eng qulay usulini topishdi…

Amerika olimlari saraton xastaligini yo‘q qilishning eng qulay usulini topishdi…
Bu ukol ko‘rinishida bo‘lib, dori to‘g‘ridan-to‘g‘ri saraton shishiga yuboriladi. U shu zahoti organizmda hukm surayotgan saraton to‘qimalarini o‘ldiradi. Hatto, organizmning boshqa hududlariga joylashib olgan to‘qimalar ham dori ta’qibidan qutula olishmaydi.

Olimlar vaksinani sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Jonivorlar uchun bir martalik ukol yetarli bo‘ldi. Haqiqatan, saraton shishi va to‘qimalari yo‘q qilindi. Endi odamlarda shu sinov tashkil etiladi. Mutaxassislar aytishmoqdaki, vaksina hozircha ko‘krak saratoni, yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi qo‘llaniladi. Dorining organizm uchun zararli jihati kimyoviy terapiya bilan taqqoslanganda, o‘ta minimal darajada bo‘ladi.

Olimlar aytishmoqdaki, saraton shishi organizmda paydo bo‘lgach, immunial tizim saraton to‘qimalarini tanib, T-to‘qimalarga ularni yo‘q qilish haqida buyruq beradi. Ammo saraton shishi rivojlanish jarayonida bu to‘qimalarni yo‘q qilib olg‘a bosish uchun imkon topa biladi. Shuning uchun saraton xastaligi juda tez fursatda organizmni egallashga ulguradi. Yangi vaksina esa immunial tizimning faolligini oshirishda ham alohida ahamiyatga egadir.

Manba: hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Amerika olimlari saraton xastaligini yo‘q qilishning eng qulay usulini topishdi…