Xitoy olimlari qaynoq choy ichish qanday kasallikni keltirib chiqarishini aniqlashdi…

  • 11 fevral 2018, 12:05
  • 5 660
  • Tibbiyot
  • Xitoy olimlari qaynoq choy ichish qanday kasallikni keltirib chiqarishini aniqlashdi…
    Olimlar ko‘p yillar davomida shu masalada izlanishlar olib borishdi. Tadqiqotlarda taxminan 460 kishi ko‘ngilli sifatida ishtirok etdi. Ularning yoshi esa 30-80 atrofida edi.

    Ishtirokchilar kuniga ko‘p miqdorda qaynoq choy ichishgan. Bundan tashqari, har kuni 15 grammdan kam bo‘lmagan holda spirtli ichimlik iste’mol qilib, tamaki mahsulotlari chekishgan. Qaynoq choy esa bu mahsulotlar zahriga qo‘shilib, oshqozon saratoni paydo bo‘lish jarayonini tezlashtirgan.

    Olimlarning ta’kidlashicha, Selsiy shkalasi bo‘yicha 65 daraja va undan yuqori bo‘lgan suyuqlik organizmga termik jarohat yetkazadi va natijada oshqozon saratoni kelib chiqib, yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan mahsulotlar ko‘magida qisqa fursatda rivojlanishga ham ulguradi.

    Manba: hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy olimlari qaynoq choy ichish qanday kasallikni keltirib chiqarishini aniqlashdi…