18:02 / 14.02.2018
6 074

Yaponlar grippni 24 soatda davolaydigan dori vositasi yaratdi

Yaponlar grippni 24 soatda davolaydigan dori vositasi yaratdi
Yaponiyaning “Shionogi” farmatsevtika kompaniyasi odamni bir kunda grippdan forig‘ qiladigan dori vositasini yaratdi. Unga baloksavir-marboksil nomi berildi, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri.

Ushbu malham samaradorligi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Tajriba-sinovida gripp bilan og‘rigan 1436 kishi jalb etilgan. Ular uch guruhga bo‘lingan. Birinchi guruh bemorlariga 40-80 milligramm baloksavir-marboksil, ikkinchi guruh bemorlariga 75 milligramm oseltamivir, uchinchi guruh bemorlariga platsebo dorisi berildi.

Aniqlanishicha, yangi preparat yuborilgan organizmdagi xavfli virus 24 soat ichida yo‘qotildi. Ikkinchi guruhda bu muddat 72 soat, uchinchi guruhda 96 soatni tashkil etdi. Boz ustiga, baloksavir-marboksilni qabul qilganlarning kasallikni yengishi yengilroq kechgan.

Yaponiya kompaniyasi ushbu samarali dori vositasini kelgusi yildan boshlab savdoga chiqarishni rejalashtiryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yaponlar grippni 24 soatda davolaydigan dori vositasi yaratdi