08:33 / 15.02.2018
13 004

Organizmni tozalaydigan va eng foydali mahsulotlar

Organizmni tozalaydigan va eng foydali mahsulotlar
Tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot va izlanishlarga asosan inson organizmi uchun eng foydali va uni dorilardan ko‘ra yaxshiroq tozalaydigan qator iste’mol mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi. Quyida ana shu mahsulotlar va ularning organizm uchun foydali xususiyatlari, ta’siri haqida ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

KARAM
Karam tozalovchi oziqlariga boy bo‘lib, bu oziqlar zaharli moddalarni ichakdan chiqarib yuborishga yordam beradi. Bundan tashqari, karamdagi organik kislotalar hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mikroflorani me’yoriga keltiradi. Biroq karamning ijobiy jihatlari shu bilan cheklanmaydi. Unda kam uchraydigan U vitamini bor. Bu vitamin xavfli moddalarni «o‘ldirib», vitaminlar sintezida ishtirok etadi, hatto yaralarning bitishiga yordam beradi. Karamni barraligicha yoki tuzlab, hatto sharbat qilib ichish mumkin.

QIZIL LAVLAGI
Qizil lavlagi organizmni tozalashda birinchi raqamli mahsulot hisoblanadi. Birinchidan, lavlagi tarkibida kletchatka, mis, fosfor, S vitamini va qator foydali kislotalar bo‘lib, ular hazm qilish jarayonini yaxshilab, ichakdagi chirituvchi bakteriyalarni o‘ldiradi. Ikkinchidan, uning tarkibida «betain» degan lipotrop modda bo‘lib, u jigarni zaharli moddalardan tozalaydi. Uchinchidan, lavlagi foliy kislota (ko‘proq yangi hujayralar yaratadi) va kvars (teri, soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi) hisobiga organizmning yosharishiga imkon beradi. Lavlagini qaynatib, karam sho‘rvaga solib, salat tayyorlab yoki sharbat ko‘rinishida iste’mol qilish mumkin.

SARIMSOQ
Sarimsoqning atigi bitta bo‘lakchasida 400 dan ortiq komponentlar mavjud. Ular tomirlarni tozalab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi va miya saratoni sababini – multishaklli glioblastoma hujayralarini o‘ldiradi. Sarimsoqdagi moddalar oshqozon yarasi sababi – xelikobakteriyalarni yo‘q qiladi. Gijjalar, difteriya, sil tayoqchalarini «o‘ldiradi». Uni shundayligicha yoki maydalab iste’mol qilish mumkin.

PIYoZ
Piyozdagi fitonsidlar efir moylarida saqlanadi. Fitonsidlar atigi bir soniya ichida ko‘plab bakteriya va zamburug‘larni «o‘ldiradi». Shuningdek, hazm qilish va oziq moddalar singishiga, hatto ishtahani yaxshilashiga yordam beradi. Piyozdagi oltingugurt hamma zararli moddalarni zararsizlantirib, yo‘q qiladi. Piyozni odatda, shundayligicha, salatga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

OLMA
Olma – tarkibidagi pektin va kletchatka tufayli butun hazm qilish tizimining ishini tartibga keltirib, zaharli moddalarning chiqib ketishiga yordam beradi. Bu meva ishtahani yaxshilaydi, oshqozon shirasi ajralishiga yordam berib, qabziyatdan xalos qiladi. Shuningdek, A grippi virusi, dizenteriya, tilla stafilokokk qo‘zg‘atuvchilarini yo‘q qiladi.

Odatda, uni po‘stlog‘i bilan yeyish, bundan tashqari, sharbat yoki qirilgan «bo‘tqa» shaklida ham iste’mol qilish mumkin.

KLYuKVA
Klyukva – eng kuchli tabiiy antibiotik va virusga qarshi vositalardan biri. Klyukva qovuqni va uning yo‘llarini xavfli bakteriyalardan tozalaydi. Bundan tashqari, saraton hujayralari paydo bo‘lishiga qarshi kurashadi, shuningdek, tomirlardagi tromblardan xalos etadi. Uni shundayligicha, shakar qo‘shib yoki mors, sharbat, murabbo shaklida iste’mol qilish mumkin.
Saidaxon NAZIROVA

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmni tozalaydigan va eng foydali mahsulotlar