10:35 / 16.02.2018
11 812

Sarimsoq insonning bo‘yi va sochini o‘stiradi

Sarimsoq insonning bo‘yi va sochini o‘stiradi
Sarimsoq shamollash va tumovning oldini oluvchi vosita sifatida qadim zamonlardan beri qo‘llaniladi.

Misrliklar, yunon va yaponlar bir necha ming yilliklar davomida sarimsoqdan dori sifatida foydalanishgan va bu bejizga emas. Sarimsoq tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt sulfati mavjud. U to‘qimalarga qon ivimasligi bilan bog‘liq barcha turdagi kasalliklarga qarshi kurashishda va ovqat hazm qilish jarayonining me’yorida kechishiga ko‘maklashadi. Sarimsoq oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarishida ham muhim rol o‘ynaydi.

Sarimsoq shifokorlar tomonidan tez-tez yozib beriladigan ikki nomdagi antibiotikka nisbatan 100 marotaba samaralidir.Ayniqsa, uning ichak infeksiyalari bilan samarali kurashishini alohida e’tirof etish zarur. Bundan tashqari, sarimsoq organizmdagi turli zamburug‘lar bilan kurasha oladi.

Xususan, sarimsoq jigardagi xolesterin uchun javobgar fermentlarni parchalash usuli bilan qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Sarimsoq organizmda turli o‘simtalar paydo bo‘lishining oldini oladi. Bundan tashqari, muntazam ravishda sarimsoq iste’mol qilish qondagi qand miqdorini bir me’yorda saqlab turishga yordam beradi va o‘z-o‘zidan qandli diabetning oldi olinadi.

Olimlar bir necha tajribalar orqali sarimsoq piyoz tarkibidagi moddalar insonning bo‘yi va sochi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sarimsoq insonning bo‘yi va sochini o‘stiradi