21:38 / 18.02.2018
7 880

Olimlar saraton shishini yo‘q qiluvchi nanorobotlarni yaratishdi…

Olimlar saraton shishini yo‘q qiluvchi nanorobotlarni yaratishdi…
Xitoy hamda Amerika bioximiklari o‘zaro hamkorlikda DNK iplaridan maxsus nanorobotlarni yaratishdi. Bu nanorobotlar in’eksiya yo‘li bilan organizmga yo‘llanganda, ular mustaqil tarzda saraton shishlarini qidirib topadi va qo‘shni qon tomirlarda tiqilish jarayonini yuzaga keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, saraton shishlari o‘zi joylashgan hududdagi qon tomirlaridan oziqlanadi. Ko‘ribsizki, saraton shishlari ozuqa manbaidan mahrum bo‘lgach, navbatma-navbat o‘la boshlaydi.

Nanorobotlar bir kecha-kunduz davomida organizmda ushlab turiladi xolos. Keyin qaytadan tortib olinadi. Oradan ikki-uch kun o‘tgach esa, saraton shishlarining o‘lish jarayoni kuzatila boshlaydi.

Hozircha bu usul sichqonlarda sinab ko‘rildi. Sinovlar ko‘ngildagidek, rejaga asosan muvaffaqiyatli yakunlandi. Endi olimlar bosqichma-bosqich klinik sinovlar o‘tkazish harakatiga tushishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar saraton shishini yo‘q qiluvchi nanorobotlarni yaratishdi…