Shamollashdan tez qutilish bo‘yicha tavsiyalar

  • 25-02-2018, 18:18
  • 2 574
  • Tibbiyot
  • Shamollashdan tez qutilish bo‘yicha tavsiyalar
    Qanday qilib shamollashdan tez qutulish mumkin? Burun oqishi yoki grippdan bosh og‘rishi umuman yoqmas holatdir. Oz muddat ichida shamollash alomatlaridan qutulish yo‘llari bilan tanishing.

    1. Dam olish
    Gripp bo‘lganda odam birinchi navbatda hamma ishni surib qo‘yib dam olishi, yotishi kerak. Shunda organizm butun kuchini tuzalishga sarflaydi.

    2. Vitamin C
    Shu vitaminga boy mahsulotlardan kuni bilan iste’mol qilib yuring. Limon va malinali choy, klyukva sharbati, namatak damlamasi. Kuniga kamida 3 litr vitamin C ga boy sharbatdan ichsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    3. Behi
    Agar shamollashingiz yo‘tal bilan kechayotgan bo‘lsa, u holda bir dona katta behini olib 2 ga bo‘lasiz. Har bir qismining o‘rtasidagi danaklarini tozalab chuqurcha qilasiz. Chuqurchaga asal quyib duxovkada past olovda 1 soat davomida dimlaysiz. Behi juda yumshab rangi to‘q bo‘lib qoladi. Issiqligida iste’mol qilsangiz yo‘talingiz tez o‘tadi.

    4. Namokob suv
    Burun oqishi chiroyli yuzga umuman yarashmaydi. Shuning uchun kuniga kamida 5 marta burningizni namokob suv (fiz.rastvor) bilan chaying. Buning uchun katta 20-40 mllik shprisga namokob suvni to‘ldirib, boshingizni bir tomonga engashtirib burunning bir teshigiga quyasiz. Shunday bo‘lsinki namokob suv burunning bir teshigidan kirib, ikkinchi teshigidan chiqsin. Keyin boshqa burunga shunday tarzda quyasiz. Og‘iz ochiq turishi kerak. Namokob suv o‘zi bilan burundagi suyuqlikni ham olib chiqib ketadi.

    5. Yalpiz
    Burun bitib qolgan bo‘lsa, u holda yalpiz, evkaliptga boy so‘rg‘ich konfetlarni so‘rib yuring.

    6. Issiqlik
    Oyoqlaringizni kuniga kamida 3 marta issiq vannada ushlab o‘tiring. Suv issiqligi par chiqib turib, teri kuymaydigan darajada issiq bo‘lishi kerak. O‘tirganingizda suv sovigan sari issiq suvdan oz-oz qo‘shib turing. Terlaguncha o‘tirish lozim. Imkoniyat bo‘lsa, nafaqat oyoqlar, balki butun badanni parli vannada ushlab tursangiz yaxshi natija beradi. (Eslatma: homiladorlarga va ayrim bemorlar uchun ushbu muolaja man etiladi).

    Meva va sabzavotdagi vitaminlar soni sanoqsizdir. Kasal bo‘lgan paytingizda ulardan ko‘proq iste’mol qilganingiz ma’qul. Yog‘liq ovqat, xamir va shirinliklar davolanishga oz bo‘lsa ham to‘sqinlik qiladi.

    8. Sho‘rva
    Tovuqning suyakli go‘shtidan tayyorlangan sho‘rvani achchiq murch bilan yeb, issiq adyol ichiga kirib olib dam olsangiz badaningiz ancha tetiklashganini sezasiz.

    9. Dumba yog‘i
    Hidi yoqimsiz bo‘lgani bilan o‘zining foydasi katta. Eritilgan dumba yog‘ini qo‘lingiz uchiga olib tavoningizga ishqalab surting. Massaj qilsangiz ham bo‘ladi. Issiq junpaypoq kiyib dam olib o‘tiring. Ancha terlatib, badandagi shamollash alomatlarini yo‘qqa chiqaradi. (Eslatma: yurak-qon kasalliklari mavjud bo‘lsa, bu muolaja og‘irlik qilishi mumkin).

    10. Yaxshi kayfiyat
    Deyarli barcha kasalliklarning asosi insonning psixologik holatidir. Inson qanchalik o‘zini psixologik yaxshi his qilsa, uning jismoniy salomatligi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Demak, shamollaganda faqat yaxshilikni o‘ylab, xush kayfiyatda bo‘lish lozim. Atrofdagilar esa shamollagan kishiga nisbatan yaxshi muomalada, erkalagan holda, e’tiborni ayamasdan murojaat etishlari kerak. Davolanish uchun bu juda muhim.

    » » Shamollashdan tez qutilish bo‘yicha tavsiyalar