00:05 / 26.02.2018
10 215

Mashhur og‘riq qoldiruvchi dori vositalari insultni keltirib chiqaradi

Mashhur og‘riq qoldiruvchi dori vositalari insultni keltirib chiqaradi
Olimlar insult va yurak xurujiga olib kelishi mumkin bo‘lgan butun dunyoga mashhur ayrim dori vositalarini aniqladilar.

Bunday xulosaga tayvanlik olimlar kelishgan. Xabar.uz ning “Sputnik” nashri xabariga asoslanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, xavfli dori vositalari orasida “ibuprofen”, “diklofenak”, “selekoksib”, “mefenamik kislota” va “naproksen” ham bor.

Mutaxassislar ushbu tajribani 50 ming bemor ustida o‘tkazgan. “Analgetik selekoksib” eng xavflisi deb topildi: uni qabul qilgan 105 kishidan bittasida insult kuzatilgan. “Diklofenak” va “naproksen” dori vositalarini qabul qilgan har 250 kishining bittasi yurak mushaklari faoliyatida o‘zgarish sezilgan.

“Ibuprofen” qabul qilgan 330 kishining bittasida yurak bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.

Ushbu dori vositalari orasida eng kam xavf soladigani “mefenamik kislota” deb topildi. Uni qabul qilgan har 400 kishining bittasida yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammoga duchor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mashhur og‘riq qoldiruvchi dori vositalari insultni keltirib chiqaradi