23:50 / 27.02.2018
25 986

Ming bir darddan xalos etuvchi “papayya” haqida...

Минг бир дарддан халос этувчи "папайя" ҳақида...
Ajdodlarimiz azal-azaldan insonni davolashda, salomatligini saqlashda ona tabiat qo‘ynida o‘sayotgan o‘simliklardan, ularning mevalaridan unumli foydalanib kelishgan. Bizning asrimizda ham shu an’ana davom etmoqda. Negaki, kimyoviy dori-darmonlarning organizmda asoratlari qolishi fanda aniqlangan. Shu bois dorivor o‘simliklar tayyorlash jabhasi ham taraqqiy ettirilmoqda.

Papayya choylari yurak-qon tomir kasalliklari, arterial qon bosimi, oshqozon yarasi, o‘t-pufak, bo‘yrak toshi, beldagi shamollash, oyoq bo‘g‘inlaridagi tuzlarning yig‘ilib qolishi hamda allergiya singari xastaliklarni davolaydi. Buning uchun 6 oy davomida papayya choyidan kuniga 2-3 mahal har ovqatdan 30 daqiqa keyin ichsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

PAPAYYA MЕVASINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN XUSUSIYATLARI
Papayya mevasi organizm va to‘qimalarda tuz yig‘ilishining oldini oladi va davolaydi, umurtqa osteoxondrozi, umurtqa orasidagi disk churrasi, bo‘g‘inlar osteoartrozi, qandli diabet, jigar xastaliklari, kamqonlik, oshqozon-ichak kasalliklarining oldini oladi va davolaydi.

Hindiston tibbiyotida aniqlanishicha, papayyaning mevasi va urug‘idan topilgan shifobaxsh modda saraton to‘qimalarini yo‘q qilish xususiyatiga ega. Qisqa qilib aytganda, papayya sizu bizga sog‘lom hayot va uzoq umr ko‘rish imkoniyatini beradi.

Eslatma: har qanday sabzavot va mevadan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avvalo, mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ming bir darddan xalos etuvchi “papayya” haqida...