16:20 / 05.04.2018
33 898

Hijoma – qon bosimi oshishi, diabet, yurak xastaliklari, sil va bepushtlikda davo

Hijoma – qon bosimi oshishi, diabet, yurak xastaliklari, sil va bepushtlikda davo
— Hijoma o‘zi nima? Qaysi xastaliklarda va qanday qo‘llanadi? Foydasi, zarari haqida batafsil ma’lumot bersangiz.
Sarvinoz, Toshkent shahri

Muhabbat Xolmatova, O‘zbekiston Xalq tabobati akademiyasi tabibi:

— Arab tilida “hijoma” so‘zi “al-hajm” o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, u “so‘rib olish” degan ma’noni anglatadi. Hijoma, ya’ni qon oldirish qadimdan kasalliklarni davolashda asosiy vositalardan biri hisoblangan. Qon oldirish Payg‘ambarimiz sunnatlaridandir. Hadislarda aytilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v): “Sizlar qila oladigan davo muolajalarining eng yaxshisi – bu hijoma (qon oldirish)dir”, degan ekanlar.

“Chiqit”lardan xalos etadi
Qon inson organizmining eng muhim elementlaridan biri. U to‘qimalarga kislorod yetkazishda va moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi.

Biroq har kim ham organizmdagi qon bir joyda turib qolishini, vena, arteriya tomirlarida qonning ma’lum bir qismigina oqishini bilmaydi. Kishi harakatsiz holatida qon “qariy boshlaydi”, o‘zining sifatlarini yo‘qotadi, qolaversa, noto‘g‘ri ovqatlanish, havoning ifloslanishi, stresslar natijasida barcha yomon moddalarni o‘ziga shimib oladi.

Hijoma ana shu “chiqit”lardan qutulishda yordam beradi.

Qoningizni “yangi”lang!
Qon oldirilgach, organizm yangi qon ishlab chiqaradi. Bu esa kishi salomatligini yaxshilab, ko‘pgina kasalliklarni davolashga ko‘mak beradi.

Qon oldirish quyidagi xastaliklarda tavsiya etiladi: prostatit, bo‘yin va yelkadagi og‘riqlar, jinsiy zaiflik, qon bosimi oshishi, immunitet susayishi, bavosil, bosh og‘rig‘i, bepushtlik, sil, yurak xastaliklari, qandli diabet, kamqonlik, revmatizm, ko‘z nuri xiralashishi, glaukoma, gaymorit va boshqalar.

Muolaja qanday o‘tkaziladi?
Qon olishning bir necha usullari bor. Masalan, qortiq qo‘yish, nashtar urish, igna (shpris) yordamida olish, zuluk solish va hokazo. Bular ichida eng foydalisi zuluk solishdir.

Zulukni qariyb uch ming yildan beri tabiblar turli kasalliklarga davo sifatida ishlatib kelishmoqda. Abu Ali ibn Sino ham zuluk bilan davolashga alohida e’tibor qilib, o‘zining “Tib qonunlari” kitobida zuluk soldirishning afzalliklari, tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumot bergan.

Zulukning 270 ta tishi bor va u tishlari ostidagi girudin moddasini inson tanasiga yuborish orqali qonni suyultiradi, kislorod bilan to‘yintiradi, yurakning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Natijada,tanadagi limfa bezlari quvvati oshadi va immunitet kuchayadi.

Zuluk so‘lagida 100 xildan ortiq fermentativ modda mavjud. Ular inson tanasida qon aylanishini yaxshilash bilan birga to‘planib qolgan yog‘larni eritadi, terini mayinlashtiradi, ortiqcha vazndan xalos qiladi.

Zuluk qon so‘rish paytida so‘lagi tarkibidagi biologik faol moddani to‘qimalarga yuborib, organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Uning so‘lagi ta’sirida teridagi, ichki a’zolardagi mayda qon tomirlarida qon aylanishi yaxshilanadi. Natijada, bosh miyaning faoliyati jonlanadi.

Zuluk antiseptik xususiyatga ega bo‘lgani uchun teri kasalliklarini davolashda u keng qo‘llanadi.

Bundan tashqari, zuluk qo‘yish yordamida infarkt, stenokardiya, gipertoniya, bavosir, ko‘z, burun, tomoq, quloq, tish, milk kasalliklarini, urologik, ginekologik xastaliklarni davolash mumkin. Shunindek, qon olish yordamida o‘pka, jigar, o‘t pufagi shamollashi, nevrologiya, nefrit, ateroskleroz, surunkali prostatit muolaja qilinadi.

Bir yilda yoki olti oyda bir zuluk soldirgan kishilar nisbatan kamroq kasalliklarga chalinadilar. Zuluk faqat bemorlarga qo‘yilmaydi. Sog‘lom odam ham yiliga bir marta zuluk soldirib tursa, salomatligi yanayam mustahkamlanadi.

Qadimda zuluk muolajasi, asosan, bahor, kuz fasllarida qo‘llangan. Hozirgi zamon olimlari olib borgan ilmiy-amaliy tajribalarda aniqlanishicha, yilning istalgan faslida zuluk qo‘yish mumkin.

Mumkin bo‘lmagan holatlar
Agar kishida zuluk so‘lagiga allergiya bo‘lsa, kamqonlik, qon ivishida muammolar aniqlansa zulukdan foydalanish man etiladi. Hijoma usulida esa mumkin bo‘lmagan holatlar yo‘q. Hijoma muayyan bir darddan forig‘ bo‘lish maqsadida qilinishi kerak.
Munisa Aliyeva tayyorladi

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Hijoma – qon bosimi oshishi, diabet, yurak xastaliklari, sil va bepushtlikda davo