13:04 / 20.04.2018
7 312

Tish og‘rig‘idan qutulishning "eng samarali vositasi" ma’lum bo‘ldi

Тиш оғриғидан қутулишнинг "энг самарали воситаси" маълум бўлди
AQShning Keys Vestern universiteti qoshidagi Stomatologik tibbiyot maktabi olimlarining aniqlashicha, ibuprofen va yallig‘lanishga qarshi boshqa nosteroid preparatlar tish og‘rig‘i vaqtida opioiddan ko‘ra yaxshiroq yordam beradi. Bu haqda MedicalXpress'ga tayanib Daryo xabar qiladi.

Shifokorlar tish og‘rig‘ini yengillashtiruvchi dorilarning samaradorligi va xavfsizligi tahliliga bag‘ishlangan beshta tadqiqotning tizimli kuzatuvini olib borgan. Mutaxassislarning fikricha, narkotik moddalarni faqat favqulodda holatlarda qo‘llash mumkin, chunki ular ko‘p miqdorda qo‘llanganda zarar yetkazishi mumkin. Salomatlik milliy institutining ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni 115 nafar amerikalik opioidlarning ortiqcha dozasi sababli vafot etadi.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, xavfsiz va samarali bo‘lgan eng yaxshi vosita atsetaminofen bilan yoki usiz qo‘llanilgan nosteroid preparatlar hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tish og‘rig‘idan qutulishning "eng samarali vositasi" ma’lum bo‘ldi