11:15 / 02.06.2018
5 512

Kontakt linzalar xavflimi?

Kontakt linzalar xavflimi?
Foto: “T-online.de”
“Xabar.uz” saytining yozishicha, kontakt linzalardan noto‘g‘ri foydalanish ko‘zga shikast yetkazishi mumkin. Oqibatda hatto ko‘zning muguz pardasini almashtirishga ham to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kontakt linzalardan foydalanuvchi har beshinchi inson ko‘ziga infeksiya tushirib oladi. Keyin ko‘rish qobiliyati yanada yomonlashadi.

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, linzalardan to‘g‘ri foydalanilsa nafaqat infeksiyalar, balki boshqa ko‘z kasalliklarining ham oldi olinadi. Eng asosiysi, gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim.
Olingan ma’lumotlar asosida nemis mutaxassislari kontakt linzalardan foydalanish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berishmoqda:

- Linzalarni uxlashdan avval yechib qo‘ying.
- Kuniga belgilangan me’yordan ortiq foydalanmang.
- Linzalarni oddiy suvda emas, maxsus suyuqlikda yuving.
- Suzishga borganda linzalarni yechib qo‘ying.
- Linzalaringizni boshqalarga foydalanishga bermang.
- Tirnalgan linzalarni ishlatmang — ko‘zni battar xiralashtiradi.
- Linzalar o‘rniga ba’zida ko‘zoynaklardan foydalaning.
- Kam deganda yiliga bir marta okulist nazoratidan o‘tib turing.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kontakt linzalar xavflimi?