Londondagi Qirolicha Mariya universiteti tadqiqotchilari tish emalini qayta tiklay oluvchi materialni ixtiro qilishdi. Nature Communications maqolasida kimyogarlar yangi ishlanma o‘z tuzilmasi va xususiyatlariga ko‘ra tish emaliga o‘xshashini ma’lum qilishdi.
Olimlar tish emaliga ziyon yetsa, uni qayta tiklashning iloji yo‘qligi va bu tishlarni yo‘qotishga olib kelishini qayd etishdi.
Biroq yangi material yordamida tishlar o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Modda ekstremal haroratlar, nordon oziq-ovqat va ichimliklarga qarshilik qila oladi.
Material kristallarning o‘sishiga olib keluvchi oqsil yordamida ishlab chiqilgan. Bu oqsil tishlar shakllanayotganida organizmda paydo bo‘ladi.
Olimlar kelgusida ishlab chiqilgan material yordamida qattiq to‘qimalar regeneratsiyasida yangi yutuqlarga erishish va hatto tishlarning yiringlashi oldini olish mumkinligini ta’kidlashdi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ixtiro asosida mineralizatsiya jarayonini boshqarishda oqsillardan foydalanish usuli yotadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»