Ramazon ne’mati: xurmo haqida 20 ta fakt

  • 04 iyun 2018, 14:56
  • 4 168
  • Tibbiyot
  • Ramazon ne’mati: xurmo haqida 20 ta fakt
    Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyida xurmo bilan og‘iz ochganlari hammaga ma’lum. Shu bois aksar musulmonlar ro‘za oyida xurmo bilan og‘iz ochishni o‘zlariga odat qilishgan.

    Shifokorlar Allohning oxirgi payg‘ambari xurmo bilan bejiz og‘iz ochmaganlarini, chunki Qur’oni Karimda nomi ko‘p marta zikr etilgan xurmo mevasi salomatlik uchun, ayniqsa, ro‘za tutganlar uchun ko‘p jihatdan foydali ekanini tajribalar bilan isbotlashgan.

    1. Xurmo yurak, jigar va buyrakni quvvatlantiradi.
    2. Organizmning kislota balansini me’yorida tutib turadi.
    3. Qonga ozuqa bag‘shlaydi. Anemiya va gipertoniyada juda foydali.
    4. Immunitetni ko‘taradi.
    5. Ichakdagi foydali mikrofloralarning saqlanishini ta’minlaydi.
    6. O‘pkining ishlashini yaxshilaydi.
    7. Yo‘talni tinchlantiradi. Tanadagi ortiqcha namlikni ketkazadi.
    8. Yurak faoliyatini rivojlantiradi.
    9. Tonusni yaxshilovchi va quvvatlantirovchi vosita sifatida xizmat qiladi.
    10. Davomiy kasalliklardan so‘ng, quvvatni qayta tiklaydi.
    11. Jismoniy horg‘inlik va charchoqlarda yordam beradi.
    12. Xurmoni qandli diabetga chalinganlar ham iste’mol qilsalar bo‘ladi.
    13. Saraton kasalliklarining xavfini kamaytiradi.
    14. Yuz nerv tolalalarining shol bo‘lishiga qarshi yordam beradi.
    15. Homiladorlar uchun juda foydali. Tug‘ishni yengillaydi. Organizmning dastlabki sut ishlab chiqarishida ko‘maklashadi.
    16. 1 dona xurmo taxminan 23 kaloriyaga ega.
    17. Ozishni istaganlar shirinlik o‘rniga iste’mol qilishlari mumkin.
    18. Miyaning tugal ildizlarini rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
    19. Miya faoliyatini mukammal darajada yaxshilaydi.
    20. Inson uzoq vaqt ozuqa sifatida faqat xurmoning o‘zinigina iste’mol qilishi mumkin. U tanaga kerakli barcha ozuqaviy moddalarni o‘zida mujassam etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ramazon ne’mati: xurmo haqida 20 ta fakt