00:30 / 09.06.2018
5 450

Sun’iy qon yaratildi

Sun’iy qon yaratildi
Foto: «Argument»
Sent-Lyuisdagi Vashington universiteti tibbiyot maktabi tadqiqotchilari guruhi «Erythromer»ni — inson qonini ikki kungacha almashtirib turishga qodir suyuqlik yaratdi, deb xabar beradi «Xabar» nashri.

«Erythromer» yaratuvchilarining ta’kidlashicha, ixtiro inson qoni o‘rnini bosuvchi suyuqlik emas, balki vaqtinchalik qon aylanishini ta’minlovchi vosita, xolos. U faqatgina kislorodning inson organizmi hujayralariga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Hozirda bu turdagi vosita mavjud — bu birinchi navbatida rekombinaantlangan gemoglobin va perftor uglerodlar. Biroq mazkur vositalar salbiy oqibatlarga, jumladan, allergik reaksiyalar, hatto to‘qimalarning jarohatlanishiga ham olib keladi.

«Erythromer» esa yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklardan holi va o‘zida kukun shaklida chiqariladigan inson gemoglobinini saqlaydi. Uni «faollashtirish» uchun alohida eritma zarur bo‘ladi (favqulodda holatlarda «fizrastvor»ning o‘zi ham bo‘laveradi).

Shuningdek, uni oddiy qondan farqli o‘laroq, tashish, saqlash oson. Saqlash muddati 6 oyni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sun’iy qon yaratildi