Ha, bu ko‘p bora kuzatilgan holat. Ayrim odamlar aynan yarim tunda arterial qon bosimi ko‘tarilishidan azoblanishadi. Vrach-kardiojarroh, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksey Fyodorov shu masalada o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, qon bosimining tunda ko‘tarilib ketishi me’yoriy holat emas. Nimadir noto‘g‘ri. Yoki qon bosimi ko‘tarilgan odam organizmni haddan ziyod zo‘riqtirgan bo‘lishi mumkin.
— Salomatligi joyida odam tunda arterial qon bosimi ko‘tarilishidan qiynalmasligi lozim, — deydi mutaxassis. — Chunki u birinchidan sog‘lom, ikkinchidan, tunda qimirlamaydi, organizmni zo‘riqtirmaydi. Bu gipertoniyaga uchraganlardagina sodir bo‘lishi mumkin. Shunda ham hamma bemorlarda emas. Ba’zilarning qon bosimi kunduzi, ayrimlarniki yarim tunda ko‘tariladi. Agar gipertoniyaga uchragan bemorning qon bosimi tunda ko‘tarilayotgan bo‘lsa, darhol vrach ko‘rigiga chopishi lozim. Vrach maxsus uskuna yordamida bu holatni tahlil etib, shunga asoslangan holda davolash terapiyasini belgilaydi. Ko‘ribsizki, bemor kechalari qon bosimi ko‘tarilishidan azob chekmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi